Mashhur karikaturachi “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov haqida karikatura chizdi.

Rassom rasm ostiga “Ishonishdan to‘xtama, Abduqodir Husanov”, deya imzo chekkan.
Avvalroq bir nechta klublar qiziqishi ortidan yana bir rassom Hamid Sahari o‘zbekistonlik futbolchi haqida rasm chizgandi.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda o‘z debyutini nishonladi. Uchrashuvning 2-daqiqasida golga sababchi bo‘lib qolgan himoyachi bir muddat o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Muxlislar va jamoadoshlari qo‘llovi evaziga o‘ziga kelib oldi va uchrashuvning 54-daqiqasigacha ishonchli harakat qildi.
Yakunda “Manchester Siti” 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, APL turnir jadvalining 4-o‘rniga ko‘tarildi.
Jamoa murabbiyi Gvardiola, hujumchi Holand va Akanji Husanovning o‘yini haqida fikrlar bildirdi.
Izoh (2)
Albatta debyut oyinini hayajon bn kuzatdik boshida bosim bo'ldi, xatolar bo'ldi va keyin albatta o'ziga ishonchni tikladi. Biz Abduqodirga ishonamiz Man.sity klubida albatta doimiy asosiy tarkib o'yinchisiga aylanadi. Olaģaaa O'zbekiston!
Abduqodir otanga raxmat