• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    An’anaga aylangan mo‘jiza. “Real”ning kambeklari — bu endi tasodif emas, klub DNKsining bir qismi

    “Bu yana takrorlandi... chunki bu shunchalik ko‘p marta sodir bo‘lganki, endi bu tushuntirib bo‘lmaydigan narsa”, — degan edi “Real”ning sehri haqida Anchelotti o‘tgan mavsum “Bavariya”ga qarshi YCHL yarim finalidan so‘ng (2:1, umumiy hisob 4:3) jurnalistlarga.

    Foto: Championat

    Deyarli har mavsumda Madrid klubi kambeklar amalga oshiradi, unutilmas o‘yinlarni taqdim etadi va Chempionlar Ligasida aqlbovar qilmas g‘alabalarga erishadi. Ammo bu mo‘jiza qachon boshlangan? Darhaqiqat, stadionda “qaymoqranglilar”ning 12-o‘yinchisi bo‘lishi va ularga qarshi 90 daqiqa o‘ynash juda uzoqlik qilishi haqida gaplar boshlangandadir?

    Mo’jizaning boshlanishi: klub tarixidan abadiy joy olgan dastlabki kambeklar

    Ushbu turnirning birinchi finalidayoq “Real” o‘yinni ostin-ustun qilib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan. 1955/1956 yilgi mavsum Chempionlar Kubogi (1992-yilgacha turnir nomi shunday edi) uchun birinchisi edi. Finalda Ispaniya (“Real Madrid”) va Fransiya (“Reyms”) chempionati vakillari to‘qnash kelgan.

    O‘yinning 10-daqiqasidayoq “Reyms” 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq “qaymoqranglilar”ga hisobni tenglashtirish uchun 16 daqiqa yetarli bo‘ldi. Jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo‘l olgandi. Ikkinchi bo‘limda “Reyms” yana hisobda oldinga chiqib oldi. Ispan jamoasi yana muvozanatni tikladi. 79-daqiqada esa oldinga chiqib oldi. Dastlabki Yevrokubok finalida 4:3 hisobi qayd etilgan. “Real” esa dastlabki Chempionlar Kubogining g‘olibiga aylangan. Madridliklar undan keyin yana 4 marta ketma-ket chempionlikni nishonlagan. 

    Foto: Championat

    Tarixdagi ilk Remontada

    1975/76-yilgi mavsumdagi Chempionlar Kubogida “Real” ilk bor birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin 3 ta to‘p farqini yo‘qqa chiqara olgan. Turnirning 2-turida “Derbi Kaunti” va “Real Madrid” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Birinchi o‘yin ispan jamoasining 1:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

    Javob o‘yini esa “Real”ning uy stadionida bo‘lib o‘tgan. 95 ming tomoshabin qarshisida “qaymoqranglilar” Martines, Santilyana va Pirrining gollari evaziga inglizlarni qurolsizlantirdi. G‘olib nomi qo‘shimcha vaqtlarda aniqlanadigan bo‘ldi, ekstra-taymda esa Santilyana ajoyib goli bilan “Madrid”ni keyingi bosqichga olib chiqqan edi.

    Foto: Championat

    “Real” yarim finalga qadar yetib borgan va unda bo‘lajak chempion — “Bavariya”ga imkoniyatni boy bergandi.

    Oradan 4 yil o‘tib, “Madrid” yana imkonsiz ishni amalga amalga oshirdi, klub yana britaniyalik raqibini taslim etdi. Turnirning chorak finalida Glazgoning “Seltik” jamoasi madridliklarga raqiblik qildi. Dastlabki o‘yin “Seltik Park”da kechgan va unda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchgan. “Real” esa musobaqadan chiqib ketish arafasida edi.

    Biroq “Santyago Bernabeu”dagi o‘yin barchasini o‘z o‘rniga qo‘ydi. Santilyana va Shtilike bittadan gol urgandi. O‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etishiga qarab ketayotgan bir vaqtda, uchrashuvning 86-daqiqasida Xuanito g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa “Qirollik klubi” yarim finalga yo‘l olgan. Lekin keyingi bosqichda Germaniyaning “Gamburg” jamoasiga qarshi bahsda yutqazib qo‘ygan.

    Foto: Championat

    UEFA Kubogi g‘olibligiga qadar yo‘l. Afsonaviy iboraning paydo bo‘lishi

    1984/85-yilgi mavsumdagi UEFA Kubogi uchun esda qolarli sayohatni 2022-yilgi Chempionar Ligasidagi g‘alabaga taqqoslash mumkin. Barchasi turnirning 2-bosqichidan, Yugoslaviyaning “Rieka” jamoasidan boshlangan.

    “Qaymoqranglilar” dastlabki o‘yinda kutilmaganda imkoniyatni boy bergan (1:3), agar Isidroning so‘nggi daqiqalarda urgan goli bo‘lmaganda, barchasi achinarli tugashi mumkin edi. Biroq “Bernabeu”dagi o‘yinning 34-daqiqasida Yugoslaviya klubining bir futbolchisi chetlatildi. 67, 79 va 82-daqiqalarda esa gol o‘tkazib yubordi, undan tashqari yana ikki futbolchisi qizil olishga ulgurgan.

    Foto: Championat

    Bu Madrid klubining o‘sha turnirdagi aqlbovar qilmas harakatlarining boshlanishi edi. Keyin esa bu yanada ko‘paydi

    Keyingi bosqichdayoq Belgiyaning “Anderlext” klubiga qarshi bahsda muammolar boshlandi. “Real” Bryusseldagi og‘ir o‘yinda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

    Ammo “Madrid”ga yirik mag‘lubiyat tetiklashib olishi uchun vosita rolini o‘tadi va “Bernabeu”da “Anderlext” tor-mor etildi. Sanchis 2-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, Valdano dubl qayd etgan, Emilio esa het-trik muallifiga aylangan. 

    Foto: Championat

    Keyin yarim final —  musobaqadagi eng qiziqarli voqealar. Ispan klubi Milanning “Inter”iga qarshi bahs olib borgan. Birinchi o‘yin Italiyada bo‘lib o‘tgan va unda mezbonlar Liam Bredi va Alessandro Altobellining gollari evaziga g‘alaba qozongan. “Nerazzuri” javob o‘yini oldidan ustunlikka ega bo‘lgandi.

    Mag‘lubiyatga qaramasdan o‘yin oxirda Xuanito o‘z xarakterini ko‘rsatib, “Inter” futbolchilariga murojaat qilgan. O‘zining haqoratlarida u o‘lmas iborani qo‘llab o‘tgan: “‘Bernabeu’da 90 daqiqa juda uzoq vaqt”. Bu madridliklarning hali kurashdan chiqmaganini anglatardi.

    “Santyago Bernabeu”dagi javob bahsida “Real” Santilyananing dubli va Michelning gollari evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. 

    Foto: Championat

    Xuanitoning so‘zlari esa “jamoatchilik mulki”ga aylandi va ko‘p o‘tmay “Real” muxlislari bu so‘zlarni italyan tilida bayroqqa yozib, stadion tribunalaridan biriga ilib qo‘ygan.

    Foto: Championat

    Finalda esa o‘lmas “Real” “Videoton” klubini tor-mor etgan. “Qirollik klubi”ning o‘sha musobaqadagi chempionligi xuddi afsonaviy Xuanito kabi tarixga o‘chmas qilib muhrlangan.

    Foto: Championat

    Tarix takrorlardan iborat

    Keyingi 1985/86-yilgi mavsumdagi UEFA Kubogi yana yangi syurprizlarni tayyorladi. Yupp Haynkess boshchiligidagi Gladbaxning “Borussiya”si “Real”ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Bunday mag‘lubiyatdan keyin, odatda, qayta tiklanish mumkin emasdek edi, biroq “Real” hech qachon bunga rozi bo‘lmasdi. Madridda o‘tgan uchrashuvda esa mezbonlar 4:0 hisobida raqibini yer tishlatgan. 

    Foto: Championat

    “Real” va “Inter” yana yarim finalda to‘qnash kelgan. Birinchi o‘yin Italiyada bo‘lib o‘tgan, yana “nerazzuri” g‘alaba qozongan, bu safar hisob — 3:1. Javob o‘yinida esa ispanlar 5:1 hisobida zafar quchgan. Finalda esa “qaymoqranglilar” “Kyol”ga qarshi bahs olib borgan va 5:3 hisobida g‘alaba qozongan.

    Foto: Championat

    XXI asrda nimalar bo‘ldi?

    Darhol Madrid klubi tarixidagi eng muhim lahzalardan biri — 92:46 da urilgan golni yodga olamiz.

    “Real”ning Lissabondagi finalda “Atletiko”ga qarshi o‘yini muxlislar yodida butun umr saqlanib qoladi. “Atletiko” 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan va hakam qo‘shib bergan daqiqalar borayotgan vaqtda, Serxio Ramos burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, hisobni tenglashtirgandi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa “Real” yakuniy hisobni 4:1 ko‘rinishiga olib kelgan.

    Foto: Championat

    2021/22-yilgi Chempionlar Ligasi ham tarixdan muhim joy oldi. Turnir pley-offida “Real” har bir bosqichda kambek qayd etgan. “PSJ”, “Chelsi” va “Manchester Siti” kabi jamoalar javob bahslarida kambek evaziga mag‘lub etilgan. “Shaharliklar”ga qarshi o‘yin umuman qoyilmaqom kechgan.

    Angliyadagi birinchi o‘yin Manchester klubining 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Javob o‘yinida esa “Real” vaziyatni o‘nglash uchun bitta gol kiritishi lozim edi. Biroq 73-daqiqada madridliklar yana to‘p o‘tkazib yuboradi. Endi qolgan 15 daqiqa ichida 2 ta gol kerak edi. So‘nggi daqiqalarda esa o‘yin taqdiri hal bo‘lgandek edi, ammo Rodrigo imkonsiz narsani amalga oshirgan. 90 va 90+1-daqiqada braziliyalik futbolchi dubl qayd etib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlargacha borishiga hissa qo‘shgan. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa “Real” toza penalti ishlab olgan va Karim Benzema uni xotirjamlik bilan amalga oshirgan. Yakuniy hisob 6:5, madridliklar foydasiga. Musobaqa finalida esa “Real” “Liverpul”ni Vinisiusning goli evaziga mag‘lub etib, 14-sovrinini boshi uzra ko‘targan.

    Foto: Championat

    O‘tgan mavsumda esa yana bir ertak guvohiga aylandik. “Bavariya” o‘z uyida 2:2 hisobini qayd etgan. “Bernabeu”dagi o‘yinda esa 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi. O‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganida “Real” hujumchisi Xoselu Manuel Noyerning xatosidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, yana Xoselu darvozani aniq nishonga olib, stadionni larzaga soldi. 

    Foto: Championat

    Xuanitoning 40 yil oldin aytgan gapi “Bavariya”ga qarshi o‘yin uchun ham ishladi. Finalga chiqishini tantana qilishga tayyorlanayotgan raqibni xafa qilish va o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishi uchun Xoseluga 163 soniya kifoya qildi. 

    “Barchasi holatga bog‘liq. Lekin “Real”da nimadir bor, chunki bunday kambeklar o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Balki barchasi klubning tarixi, an’analari va sifatiga bog‘liqdir. Bu savolga aniq javob berolmayman, biroq bu narsa juda ko‘p marta sodir bo‘lgan. Shuning uchun bu aniq tasodif emasligini ayta olaman”, — degan edi Karlo Anchelotti.

    “Real” hozir ham qadrlanadigan yengilmas jamoa afsonasini yaratdi. Bu munosib e’tirof ekanligini aytish mumkin. Shuning uchun “Real” futbolchisi hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba golini urishi baxtli tasodif emas, meros sifatida qabul qilinadi.

    “Real”ning uy stadioni ideal yodgorlikka, imkonsiz narsalar sodir bo‘ladigan o‘lmas jamoaning uyiga aylangan. Mo‘jizalar maydoni. “Real”ning butun tarixi davomidagi epik va qahramonona tabiati xuddi uning DNKsi singari singib ketgan.

    11 fevral, 15:41   Izoh (0)   13866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Real Madrid#YCHL#Chempionlar Ligasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Manchester Siti” yoki “Inter” hujumchisi tarixda qoladi. Bir mavsumda ham YCHL, ham JCH kubogini qo‘lga kiritgan to‘qqiz futbolchi haqida

    10.06.2023, 17:40

    Chempionlar Ligasi 2023/24-yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan 26 jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

    08.06.2023, 20:18

    “Manchester Siti” yetakchi, “Barselona” 3-o‘rinda. YCHL—2023/24 g‘olibiligi uchun favoritlar reytingi 

    02.09.2023, 10:59

    YCHL. “Real” Berlin jamoasini so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga mag‘lub etdi (video)

    20.09.2023, 23:44

    “Bavariya” ketma-ket 16-marta, “Real” esa 21-marta Chempionlar Ligasi pley-offiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi 

    09.11.2023, 10:28

    YCHL. “Real” Madridda “Leypsig” bilan durang o‘ynadi, “Manchester Siti” esa Daniya jamoasi ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozondi 

    07.03.2024, 02:53

    YCHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi (video)

    01.05.2024, 01:54

    YCHL. “Real” “Bavariya”ga qarshi o‘yinda irodali g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi

    09.05.2024, 02:01

    “Borussiya Dortmund”ning “Real Madrid”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi 

    31.05.2024, 16:45

    “Barselona” “Bavariya”ga qarshi, “Real” esa “Liverpul”ga qarshi o‘ynaydi. YCHL 2024/25-yilgi mavsumiga qur’a tashlandi 

    29.08.2024, 22:06

    YCHL. “Bavariya” raqib darvozasiga 9 ta gol urdi, Keyndan poker, “Liverpul” “Milan”ni yengdi, “Real” va “Yuventus”da ishonchli g‘alaba

    18.09.2024, 02:00

    YCHL. “Real” va “Bavariya”da mag‘lubiyat, “Liverpul”da ishonchli, “Yuventus”da esa irodali g‘alaba 

    03.10.2024, 02:13

    YCHL. “Real”dan navbatdagi superkambek, “Milan”da ishonchli, “Arsenal”da esa kichik hisobdagi g‘alaba 

    23.10.2024, 01:57

    Kamavinga ham 2-3 haftaga safdan chiqdi

    28.11.2024, 18:50

    Kurtua “Liverpul”dan uchralgan mag‘lubiyat haqida nimalar dedi?

    28.11.2024, 21:24

    YCHL g‘olibligi uchun favoritlar reytingida “Brest” “PSJ”dan yuqori o‘rinni egalladi

    28.11.2024, 23:13

    Mbappe 10 kunga safdan chiqdi

    12.12.2024, 23:02

    Xosep Gvardiola: “Hozircha Chempionlar Ligasini yutish biz uchun imkonsiz”

    30 yanvar, 08:57

    Anchelotti “Real” top-8 likka kira olmagach, Chempionlar Ligasining yangi formatini tanqid qildi

    30 yanvar, 09:30

    YCHL. Abduqodir Husanov Madridning “Real” klubiga qarshi o‘ynashi mumkin

    31 yanvar, 16:46

    Gvardiola YCHLda “Real Madrid” bilan o‘ynash haqida nimalar dedi?

    31 yanvar, 21:51

    Ramos faoliyatini Meksikada davom ettirishi mumkin

    2 fevral, 11:20

    Ryudiger 3 haftaga safdan chiqdi

    3 fevral, 22:21

    “Markaziy hujumchi nuqtasi Mbappe uchun biroz qiyinchilik tug‘diryapti” – Ronaldu

    3 fevral, 23:06

    “Real”ning himoyadagi muammolari davom etadi: Alaba ham safdan chiqdi

    4 fevral, 16:22

    Mbappe  “Real Madrid”ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

    5 fevral, 23:10

    Marselo futbolchilik faoliyatini yakunladi

    6 fevral, 17:09

    “Leyton Orient” — “Manchester Siti”.  Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

    7 fevral, 10:12

    Navbatdagi yo‘qotish: Vaskes ham 2-3 haftaga safdan chiqdi

    9 fevral, 21:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston TIV Eron va Isroildagi vatandoshlarga harbiy hamda boshqa davlat obyektlariga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:59

    Hindistonda erkak smartfoniga chaqmoq urushi oqibatida halok bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyun, 23:40

    “Isroil G‘arbning cheksiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli Eronga hujum qildi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 16 iyun, 23:30

    Tramp Kanadada o‘tkaziladigan G7 sammitida Zelenskiy bilan muzokaralar olib boradi

    Dunyo | 16 iyun, 23:20

    Nigeriya qariyb 30 yil oldin qatl etilgan “Ogoni-to‘qqizlik” a’zolarini vafotidan so‘ng afv etdi

    Dunyo | 16 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 16-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 iyun, 23:00

    “AQSH Isroilning Eronga hujum qilishiga yo‘l qo‘yib, xalqaro huquqni buzdi” — Eron prezidenti

    Dunyo | 16 iyun, 22:50

    Toshkentda katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 22:40

    Florian Virts hafta oxirida “Liverpul”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

    Sport | 16 iyun, 22:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.