• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Na xalqqa, na davlatga foyda keltirayotgan “Afrosiyob”. Tezyurar poyezd “o‘zbek orzusi”ga aylanadimi?

    “Afrosiyob” chiptalari narxi 20 foizga, yotoqli poyezdlarniki esa 10 foizga oshirildi. Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish sohasida monopol kompaniya bu safargi narx ko‘tarilishi sababini  temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish xarajatlarni qoplash bilan bog‘ladi. Umuman olganda, 12 oy davomida tashkilot poyezd chiptalari narxini 3 (!) marta oshirdi va narx bir yilda 60 foizga qimmatladi. “Daryo” narxlar nima uchun bu qadar tez o‘sayotgani sabablari va xalqaro bozordagi holatni o‘rgandi. Xulosalar sizni hayratda qoldirishi aniq.

    O‘zi nima gap?

    O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirilgan. Ammo bu yo‘lovchi tashish xizmati uchun narxlarni istagancha oshirish huquqini beradimi?

    Masalan, Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdi chiptasi narxi 2023-yilning noyabridan 170 ming so‘mga yetkazilgan edi. 2024-yil 20-yanvardan boshlab narxlar 20 foizga oshdi.

    2024-yil 15-mayga borib esa “Afrosiyob” chiptalarining narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foiz miqdorida oshdi. 2025-yilning fevralidan narxlar yana 20 foizga oshmoqda. Shunday qilib oddiy (ekonom klassidagi) poyezd chiptasi narxlari 60 foizga, biznes va VIP klassidagilarniki esa 80-100 foizga qimmatlayapti.

    Tashkilot narxlar oshishiga elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, temiryo‘l vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablarga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish va inflyatsiyani vaj qilib ko‘rsatgan.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Yo‘lovchi tashish xizmatlari shu kungacha zararga ishlab kelardi. Ko‘rilgan zararlar esa yuk tashish hisobidan qoplanardi. Hozirda bu amaliyotdan voz kechildi va o‘zini o‘zi qoplash tamoyiliga o‘tildi. Buning uchun esa narxni oshirmasdan boshqa iloj yo‘q, deydi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati bo‘lim boshlig‘i Fozilbek Masharipov.

    Eng kam oylik “Afrosiyob”da Buxoroga bir marta borib-kelishga yetadi

    Shu o‘rinda o‘zbekistonliklarning topish-tutishi ham tobora oshib borayotgan narxlarga muvofiq o‘sdimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Keling, masalaning shu jihatini tahlil qilib ko‘ramiz.

    2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni bilan 2024-yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7 foizga oshirildi. 2024-yil 1-oktyabrdan e’tiboran esa byudjet tashkilotlari xodimlarining maoshi 10 foizga, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining maoshi esa 15 foizga ko‘tarildi. Demak, aholi daromadlarida misli ko‘rilmagan o‘sish bo‘lmadi.

    Ayni paytda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m. Bu pulga “Afrosiyob” poyezdining ekonom tarifida Toshkentdan Buxoroga 1 marotaba borib kelish mumkin, xolos.

    Aholi norozi bo‘lsa, “Afrosiyob” poyezdi boradigan joyga oddiy poyezdlar ham boradi. Marhamat, arzon poyezdlarda yurib, tegishli xizmatlardan foydalanishi mumkin, deydi Fozilbek Masharipov.

    Ikkinchi sabab sifatida yo‘lovchilar ehtiyojini qondirish nazarda tutilgan edi. “Afrosiyob” poyezdiga oktyabr, noyabr oyida birorta chipta topib bo‘lmasdi. Siz chipta olish uchun 6 oy oldin reja qilmasangiz, “Afrosiyob” poyezdidan chipta topishingiz amrimahol edi.

    Rivojlangan davlatlarda odamlar o‘zining harakatlanishini yarim yil oldin rejalashtiradi, poyezdga chiptalarni ham yarim yil avval xarid qiladi. Hammasi rejali bo‘ladi. Albatta, bu tabiiy hol. 38 mln aholimiz bor. Biz poyezdlarga sutkasiga 1000–1200 kishiga taklif berayotganimizdan keyin, reysga 5–10 kun qolganda, tabiiyki, ulgurgan odam chipta sotib olaveradi, degan edi transport vaziri Ilhom Mahkamov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Yanvarda jarayon normallashdi. Hozir hattoki bir kundan keyingi sanaga ham chiptalarni topish mumkin.

    Senatning 58-yalpi majlisida Abdurahim Erkayev tezyurar poyezd chiptalarining narxi samolyot chipta narxlaridan qimmat bo‘lib ketganiga e’tibor qaratdi. Uning e’tiroziga javoban “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Zufar Narzullayev bunday holat normal ekani, dunyo miqyosida ham shunday tartib joriy etilganini ta’kidlagandi.

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 238 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Temiryo‘l tizimi mas’uli Yevropada, umuman, jahon miqyosida tezyurar poyezdlarning chipta narxi oddiy poyezdlar va samolyot chipta narxlaridan qimmatligiga urg‘u bergan.

    Biroq janob Narzullayev o‘zi boshqarayotgan kompaniya aynan nima sababdan bunday katta zararda ekaniga oydinlik kiritmagan, xarajatlarini ochiqlamagan.

    Boshqa davlatlardagi narxlar

    Zufar Narzullayev zo‘r berib ta’kidlayotganidek, jahon amaliyotida tezyurar poyezdlar chiptasining narxi chindan ham qimmatmi? Aholining real daromadlaridan shu darajada farq qiladimi? Keling, bu savollarga ayrim davlatlar misolida javob izlab ko‘ramiz.

    Masalan, Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob”da 245 mingga (masofa 343 km, taxminan 20 AQSH dollari), poytaxtdan Buxoroga  400 mingga (masofa 599 km, 32 dollar) borasiz. Birinchi fevraldan bu narxlar yana 20 foizga oshadi.

    O‘zbekistondagi narxlar va Yevropa narxlari tenglashib qolgan. Ba’zi holatlarda bizning chiptalar qimmatroq ham. Ushbu narxlar aktualligini internet orqali tekshirib ko‘rish mumkin.

    Masalan, Madriddan Sevilya shahrigacha bo‘lgan masofa 500 km dan ortiqroq va siz bu masofaga 25 yevro yoki 320 ming so‘mga borasiz. Xuddi shuncha masofadagi Toshkent—Buxoro poyezdi esa yangi narxda 484 ming (38 yevro) bo‘ladi.

    Berlindan Frankfurt shahrigacha bo‘lgan masofa 500 km dan oshadi va bu masofaga siz 35 yevro evaziga (Afrosiyobdan 3 yevro arzonga) bilet topishingiz mumkin. Bir yo‘nalish bo‘yicha kuniga 4-5 ta reys yo‘lga qo‘yilgan.

    Yevropa mamlakatlaridagi poyezdlar faqatgina bayram kunlari va dam olish kunlarida 80-100 foiz to‘lib harakatlanadi. Qolgan paytda 30-50 foizga to‘lib harakatlanadi. Bizda harakatlanayotgan Afrosiyob poyezdi esa doim to‘lib harakatlangan. Mutasaddilar 2021—2024-yillar o‘rtasida 95 foiz holatda to‘lib harakatlanganini bayon qildi (bu haqda keyinroq to‘xtalamiz).

    Bundan tashqari, ushbu davlatlarda ishchi kuchi, elektr narxlari qimmat. Bizda bu narxlar 2-3 baravar arzon. Yuqorida misoli keltirilgan davlatlarda bu borada vaziyat qanday?

    Daromad va buromad haqida qisqacha

    Statista portalida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, temiryo‘l orqali yillik eng ko‘p daromad oluvchi beshta davlat quyidagilar:

    Boya yuqorida keltirib o‘tilganidek, chipta narxi O‘zbekistondagi narxlar bilan deyarli teng. “Afrosiyob” to‘lib harakatlanishi inobatga olinsa, demak, mamlakatimiz poyezdlari ulardan ko‘proq yoki ularga teng miqdorda daromad qilishini taxmin qilish mumkin.

    “Afrosiyob” poyezdlarida 280 dan ortiq yo‘lovchi o‘rindig‘i mavjud. Toshkent—Samarqand yo‘nalishidagi poyezdga 80 foizga to‘lib harakatlangan taqdirda ham, 5000 AQSH dollari evaziga manzilga yetib boradi.

    Toshkent—Buxoro yo‘nalishidagi chipta narxi qariyb 32 dollar. U ham taxminiy 80 foiz sig‘imda harakatlansa, bir marta borishga salkam 7000 dollarga chipta sotadi.

    Toshkent—Qarshi yo‘nalishidagi chipta narxi esa 338 ming so‘m (26 dollar). Poyezd o‘rtacha 80 foiz yo‘lovchi bilan harakatlangan taqdirda ham 5800 dollardan ortiq daromad qiladi.

    Xo‘sh, tezyurar poyezdlar necha pul sarflaydi? Masalan, Janubiy Koreyada bir yo‘nalishda harakatlanish uchun quyidagicha xarajat qilinadi.

    1. Energiya xarajatlari
    • Elektr energiyasi: KTX poyezdlarining energiya sarfi taxminan 4-5 kVt/soat (kilovatt-soat) masofaga bog‘liq. 300 km masofani bosib o‘tish uchun 1,500 - 2,000 kVt/soat energiya sarflanadi.
    • Elektr energiyasi narxi: Koreyada 1 kVt/soat energiya narxi o‘rtacha 0,08 - 0,10 dollar. Shunday qilib, 300 km uchun energiya xarajati taxminan 120 - 200 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
    1. Texnik xizmat va ta’mirlash
    • Texnik xizmat xarajatlari yiliga taxminan 1 mln dollar atrofida bo‘lishi mumkin. Har bir sayohat uchun aniq raqamni belgilash qiyin, lekin bu xarajatlar chipta narxida aks etadi.
    1. Ishchilar va xizmatlar
    • Poyezd haydovchilari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va boshqa ishchilar uchun to‘lovlar ham xarajatlar ichiga kiradi. Har bir sayohat uchun bu xarajat taxminan 1,000 - 3,000 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.
    1. Stansiya xarajatlari
    • Poyezdlar stansiyalarida turish va xizmat ko‘rsatish uchun xarajatlar ham mavjud. Bu xarajatlar har bir sayohat uchun 200 - 500 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

    Umumiy xarajat

    O‘rtacha qilib, KTX (Janubiy Koreya) poyezdi uchun 300 km masofani bosib o‘tish xarajatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

    • Energiya xarajatlari: 120 - 200 dollar;
    • Ishchilar va xizmatlar: 1,000 - 3,000 dollar;
    • Stansiya xarajatlari: 200 - 500 dollar;

    Umumiy xarajat: taxminan 1,320 — 3,700 dollar atrofida bo‘lishi mumkin.

    Germaniyada bu 300 km masofani bosib o‘tish xarajatlari quyidagicha:

    • Energiya xarajatlari: 450 - 600 dollar;
    • Ishchilar va xizmatlar: 1,000 - 2,000 dollar;
    • Stansiya xarajatlari: 300 - 600 dollar;

    Umumiy xarajat: taxminan 1,750 - 3,200 AQSH dollari atrofida.

    “Afrosiyob” xarajatlari Yevropadan ikki-uch karra qimmat

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining bu boradagi ko‘rsatkichlari bilan ham qiziqdik. Mutasaddilar “Daryo”ga quyidagi smetani taqdim etdi.

    Toshkent—Samarqand

    Xarajatlar 1 marta harakatlanish uchun:

    • Talgo (texnik xizmat ko‘rsatish) — 2387 dollar;
    • Infratuzilma (yo‘l, elektr energiyasi, aloqa, xavfsizlik va boshqa temiryo‘l xarajatlari) — 3746 dollar;
    • Oziq-ovqat — 662 dollar;
    • Vokzallar va chipta rasmiylashtirish xarajatlari — 663 dollar;
    • Oylik ish haqi, soliqlar, kreditlar, materiallar va boshqa xarajatlar — 480 dollar;

    Jami: 7938 dollar.

    Toshkent—Buxoro

    • Talgo (texnik xizmat ko‘rsatish) — 3947 dollar;
    • Infratuzilma (yo‘l, elektr energiyasi, aloqa, xavfsizlik va boshqa temiryo‘l xarajatlari) — 6142 dollar;
    • Oziq-ovqat — 662 dollar;
    • Vokzallar va chipta rasmiylashtirish xarajatlari — 783 dollar;
    • Oylik ish haqi, soliqlar, kreditlar, materiallar va boshqa xarajatlar — 520 dollar;

    Jami: 12 054 dollar.

    Toshkent—Qarshi

    • Talgo (texnik xizmat ko‘rsatish) — 3334 dollar;
    • Infratuzilma (yo‘l, elektr energiyasi, aloqa, xavfsizlik va boshqa temiryo‘l xarajatlari) — 5461 dollar;
    • Oziq-ovqat — 662 dollar;
    • Vokzallar va chipta rasmiylashtirish xarajatlari — 701 dollar;
    • Oylik ish haqi, soliqlar, kreditlar, materiallar va boshqa xarajatlar — 500 dollar;

    Jami: 10 658 dollar.

    Avvallari mavjud holat haqida bilmagan kishi narxlar oshishini kredit uchun to‘lovga yo‘naltirilayotgan summaning kattaligi bilan bog‘lashar edi. Bizga taqdim etilgan smetada kreditni so‘ndirish xarajatlari eng so‘nggi o‘rinda qayd etilganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

    Bir marta yo‘lovchi tashish uchun harakatlangan poyezdga nega har safar 2-4 ming dollar atrofida texnik xizmat ko‘rsatish kerak? Infratuzilma xarajatlari poyezd xizmatlarini ko‘rsatishda eng ko‘p summani tashkil etmoqda. Demak, chipta narxlarining oshishiga kredit to‘lovlarini amalga oshirishdan ham ko‘proq texnik xizmatlar va infratuzilma xarajatlarini qoplash sabab bo‘lmoqda.

    Ma’lumot o‘rnida, olingan 6 ta tezyurar poyezd uchun tashkilot 20 mlrd so‘m miqdorida yillik to‘lovni amalga oshiradi.

    Yevropa va Osiyoning rivojlangan davlatlaridagi xarajatlar biznikidan kam ekani bu tizimda muammolar borligini anglatishi mumkin. Ushbu xarajatlarni O‘zbekistonda kamaytirishning iloji yo‘qmi?

    Mutasaddilar narxni oshirishdan boshqa hech qanday yechim yo‘q ekani haqida ma’lum qildi.

    Daromadni oshirish uchun reyslar sonini ko‘paytirish, qimmat toifadagi vagonlarni ekonom tipdagilarga almashtirish kabi yo‘llardan foydalanish mumkin.

    Hozirda dushanba-payshanba kunlari 10 ta, juma, shanba va yakshanba kuni 12 ta reys amalga oshiriladi. Yuqorida ma’lum qilingan xarajatlardagi raqamlarga ishonilsa, har qo‘shilgan qatnov reysi tashkilot zararini oshiradi.

    Bundan tashqari, bugungi kunda temiryo‘l tarmoqlaridan maksimal darajada foydalanilmoqda. Qo‘shimcha reyslarni qo‘shishning hech qanaqasiga iloji yo‘q.

    Muammoga yechim sifatida taklif qilingan biznes va lyuks ta’rifidagi vagonlarni ham ekonom ta’rifiga almashtirish kompaniya mutasaddilari tomonidan rad etildi. Aytilishicha, ushbu tipdagi vagonlar uchun doimiy mijozlar mavjud.

    “Afrosiyob” biletlari rostdan tez sotilib ketadimi?

    Ushbu maqolani yozish davomida 3 oy biletlar holati o‘rganildi va Toshkent—Samarqand yo‘nalishida bilet olishning iloji bo‘lmadi.

    Ijtimoiy tarmoqda ushbu biletlar tur firmalar tomonidan sotib olib qo‘yilishi, ko‘p holatlarda onlayn kuzatuvda yo‘q biletlar turli yo‘llar bilan qo‘lga kiritilishi, poyezdga mingan odamlar esa bo‘sh o‘rindiqlar qolganini ko‘rgani haqida turli noroziliklar uchrab turadi.

    “Daryo” nashri savollariga javob bergan mutaxassislar bo‘sh joylar reyslarga yaqin vaqt qolganda biletlarni qaytargan yoki kechikkan yo‘lovchilar hisobiga qolib ketishini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, 2021—2024-yil oralig‘ida o‘rtacha tezyurar poyezdlar 95 foiz to‘lib harakatlangan.

    Foto: Facebook

    Jurnalist Isomiddin Po‘latovning ma’lum qilishicha, 8-yanvar kuni Toshkentdan Samarqandga yo‘l olgan “Afrosiyob” poyezdi 20 million so‘mga yaqin zarar qildi. Chunki o‘sha reysda 9 ta  ekonom, 19 ta VIP va 25 ta biznes klassidagi biletlar qolib ketgan.

    Haqiqatda esa bugungi (12-yanvar) holatda ham ekonom klassidagi 146 ta bilet sotilgani yo‘q. Narxlarning oshishi yo‘lovchilar oqimini kamaytirishi, korxona zarari esa ortib ketishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishdimikan?

    Rasmiylarga ko‘ra, yanvar oyida kuzatilgan holat vaqtinchalik. Fevral oyida O‘zbekistonda turistlar oqimi boshlanadi va yana biletlar to‘liq sotilishi boshlanar ekan.

    Dekabr—yanvar oyida shunaqa holatlar sodir bo‘ladi. Sovuq sabab hech kim safarga borishni xohlamaydi. Fevral oyida turistik mavsum boshlanadi, dedi Fozilbek Masharipov

    Tezyurar poyezdlarga belgilangan yangi narxlar fevral oyidan amal qiladi. Aynan o‘sha kundan boshlab yo‘lovchilar oqimini o‘rganish, ularni kim tashkil etayotganini tahlil qilish mumkin.

    2025-yil so‘ngida Janubiy Koreyadan 390 o‘rindiqli poyezdlar olib kelinishi rejalashtirilgan. Bu korxonaga bitta reys uchun ko‘proq daromad olish imkonini beradi. Ammo yangi poyezdlar ham kredit evaziga sotib olinadi. Korxona vakillari iddao qilayotganidek, bu qarzlarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ to‘lanishini inobatga olsak, chipta narxlari yana oshirilishi mumkin.

    Foto: Google Images

    “Temiryo‘lekspress” AJ va Hyundai Rotem korxonalari o‘rtasida 6 ta elektropoyezd sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan va 56,7 mln dollar boshlang‘ich badal to‘lab berilgan. Bu poyezdlarning umumiy qiymati 220 mln yevroni tashkil etadi. Shundan O‘zbekiston Respublikasining ulushi 21, 3 mln yevro va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Ajning ulushi — 13,5 mln yevroni tashkil qiladi.

    Qolgan summa (185, 18 mln yevro) 10 yillik imtiyozli muddat bilan yillik 0,05 foiz stavkada kredit mablag‘laridan to‘lanadi.

    Mutasaddilarga oshirilgan narx 2025-yil so‘ngigacha amal qiladimi, degan savol bilan yuzlanganda ular bu haqda hech narsa deya olishmasligini aytdi.

    Narx oshishini aholi to‘g‘ri qabul qilishi kerak. Agar narxlarni oshirmasak, 5-10 yil o‘tib fuqarolar faqatgina avtotransportdan foydalanishiga to‘g‘ri kelib qoladi, deydi Fozilbek Masharipov.

    Temiryo‘l chizmalarining ko‘payishi, harakatlanuvchi poyezdlar sonining ortishi kelajakda reyslar soni oshishiga sabab bo‘ladi. Ammo xarajatlarning asosiy qismi texnik xizmatlar ko‘rsatish va infratuzilma xarajatlari ekanini inobatga olsak, tizimdagi muammolar talaygina.

    • Hozirgi kunda Ispaniyadan keltirilgan poyezdlarga har bir kilometr uchun 8 dollarga yaqin xarajat qilinmoqda.  Kelgusida olib kelinayotgan Janubiy Koreyadan kelgan poyezdlarga kim va necha puldan texnik xizmat ko‘rsatishi noma’lum. Qiziqarlisi, nega bunday xizmat ko‘rsatish mahalliy mutaxassislar orqali ta’minlanmayapti?
    • Infratuzilma xarajatlari nega haligacha avtomatlashtirilmadi va aynan qaysi sohaga buncha ko‘p xarajat qilinmoqda? O‘zbekistondagi narxlar Yevropada sarflanayotgan xarajatlardan karrasiga ortiq.
    • Tashkilot narxlarni oshirishdan boshqa yana qanday choralar ishlab chiqarilyapti? O‘zbekiston havo yo‘llari 334 ming so‘mga Samarqanddan Toshkentga chipta taklif qilmoqda. Loukoster narxdagi samolyotlar harakatlanishni boshlasa, temiryo‘l chiptalariga talab kamayishi mumkin. Bu borada kompaniya narxni oshirishdan boshqa chora-tadbirlar ko‘rib chiqishni reja qilganmikan?

    Tizimdagi muammolar chuqur tahlil qilinishi shart. Aks holda “Afrosiyob” poyezdiga minish o‘zbekistonliklar orzulari qatoridan joy olishi mumkin.

    14 yanvar, 16:39   Izoh (0)   46303
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Erkin G‘aybullayev

     

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi pastladi

    14 yanvar, 16:19

    “Xalaqit bermasa, javobgar bo‘lmasligi kerak” — deputat avtobus yo‘laklarida harakatlangan avtomobillarni jarimaga tortish haqida (video)

    14 yanvar, 15:24

    Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammiti ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

    14 yanvar, 14:40

    Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari BAAda nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi (video)

    14 yanvar, 13:19

    “2018-yilda qabullarga qo‘rqib borardik, sababi pul yo‘q edi, hozir hokimlarda pul muammo emas-ku” — Sirdaryo hokimi 

    14 yanvar, 13:01

    O‘zbekistonda aerotaksi xizmati joriy etiladi

    14 yanvar, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.