• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Futbol

    Superliga. Ekspert-hakamlar komissiyasi: “Bunyodkor” darvozasiga noto‘g‘ri penalti belgilangan

    Joriy yilning 19-avgust sanasida Superliga 2024-yilgi mavsumning 16-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 10 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

    Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

    1-vaziyat. “Metallurg” - “Neftchi” qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

    “Metallurg” - “Neftchi” uchrashuvining 90+4-daqiqasida mehmonlarning 17-raqamli futbolchisi mezbonlarning 15-raqamli a’zosining oyog‘iga butsasining tag qismi bilan jiddiy zarba berdi. Bosh hakam To‘rabek Suyunov dastlab fol qayd etdi, ammo kartochka ko‘rsatmadi. VAR hakami referini monitor yoniga chaqirgach, futbolchiga qizil kartochka ko'rsatildi. 

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan o‘ta qo‘pol harakat qilgan. Bu kabi hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

    2-vaziyat. “Olimpik” - “So‘g‘diyona” qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

    “Olimpik” - “So‘g‘diyona” uchrashuvining 90+8-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. Darvozaga qarab ketayotgan maydon egalarining 16-raqamli futbolchisiga nisbatan qo‘pollik ishlatildi. Bosh hakam Nikita Mustafin dastlab penalti belgiladi, ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi 11 metrlik jarima zarbasini bekor qildi va qoidabuzarlik sifatida mehmonlar darvozasi tomon jarima zarbasi belgiladi. 

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Qo'pollik ishlatilgan vaqtda hujum qilayotgan futbolchi hali jarima maydoni ichiga kirmagan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.

    3-vaziyat. “Dinamo” - “OKMK” qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

    “Dinamo” - “OKMK” uchrashuvining 16-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi. Darvozaga qarab ketayotgan maydon egalarining 99-raqamli futbolchisiga nisbatan raqib jarima maydonida qo‘pollik ishlatildi. Bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev penalti belgiladi, VAR ham uning qarorini ma’qulladi. 

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan qo‘pol harakat qilgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

    4-vaziyat: “Dinamo” - “OKMK” o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

    “Dinamo” - “OKMK” uchrashuvining 47-daqiqasida mehmonlarning 10-raqamli futbolchisiga nisbatan raqib jarima maydonida to‘p uchun kurashda qo‘pollik ishlatildi. Bosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev nuqtaga ishora qildi, VAR ham uning qarorini ma’qulladi.   

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi qulay imkoniyatga ega bo‘lgan hujumchiga qarshi fol ishlatgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli. Komissiya hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb topdi.

    5-vaziyat: “Dinamo” - “OKMK” o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

    “Dinamo” - “OKMK” uchrashuvining 90+1-daqiqasida mezbonlarning 8-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida darvozabon bilan to‘p uchun kurashdi va maydonga yiqilib tushdi. Bosh hakam G‘ayrat Jo'rayev VAR orqali vaziyatni o'rgangach, penaltiga hech qanday asos yo‘qligini ta’kidladi va hujumchiga simulyatsiya uchun sariq kartochka ko‘rsatdi.  

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi yiqilish uchun harakat qilgan. Penalti belgilash uchun asos yetarli emas. Komissiya hakamlarning qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

    6-vaziyat. “Andijon” - “Surxon” qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

    “Andijon” - “Surxon” uchrashuvining 45+4-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo‘ldi va maydon egalari jarima maydonida to‘p qo‘lga tekkan yoki tegmaganligi borasida bahsli vaziyat yuzaga keldi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov o‘yinni davom ettirdi, ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, termizliklar futbolchisining qoidabuzarlik ishlatganini qayd etdi va unga sariq kartochka ko‘rsatdi. 

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Hujumchi raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Bu kabi hollarda fol qayd etiladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

    7-vaziyat: “Andijon” - “Surxon” o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

    “Andijon” - “Surxon” uchrashuvining 48-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida darvozabon bilan to‘p uchun kurashdi va maydonga yiqilib tushdi. Bosh hakam Doston Mirzarayimov penaltiga asos yetarli emas, deb topdi va bahsni davom ettirdi.  

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to‘pga darvozabon yoki hujumchi birinchi yetib borganini isbotlaydigan kadr mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi kamera rakursidan holat yaxshi ko‘rinmaganini ma’lum qilgan holda hakamning qarorini qo‘llab-quvvatlaydi va uni to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

    8-vaziyat. “Navbahor” - “Bunyodkor” qarama-qarshiligi: bahsli penalti.

    “Navbahor” - “Bunyodkor” uchrashuvining 53-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. To‘pga qarab ketayotgan toshkentliklarning 41-raqamli futbolchisini maydon egalarining 13-raqamli himoyachisi qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov VAR orqali vaziyatni o‘rgangach, nuqtaga ishora qildi va himoyachiga sariq kartochka ko'rsatdi. 

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

    9-vaziyat. “Navbahor” - “Bunyodkor” qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.

    “Navbahor” - “Bunyodkor” uchrashuvining 64-daqiqasida mehmonlarning 6-raqamli futbolchisi mezbonlarning 10-raqamli a’zosini qulay imkoniyatga chiqib borayotgan paytda qo‘pollik ishlatib to‘xtatib qolgan. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov dastlab himoyachiga kartochka ko‘rsatmadi. Ammo VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, referi qarorni qizil kartochkaga o‘zgartirdi. 

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to‘g‘ri aralashgan. Futbolchi qulay vaziyatga chiqib borayotgan raqibiga nisbatan  oxirgi umid folini ishlatgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi.

    10-vaziyat: “Navbahor” — “Bunyodkor” o‘yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

    “Navbahor” — “Bunyodkor” uchrashuvining 90+8-daqiqasida mezbonlarning 71-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida darvozabon bilan to‘p uchun kurash olib bordi va maydonga yiqildi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov nuqtaga ishora qildi.  

    Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda ikkita bahsli holat yuzaga kelgan va VAR hakamni monitor yoniga chaqirish kerak edi. Kadrlar orqali to‘p qo‘lga tekkan yoki tegmaganligini aniqlashning iloji yo‘q. Ikkinchi vaziyatda darvozabon va hujumchi havoda ketayotgan to‘p uchun kurash olib borgan va bu holat to‘p uchun kurash sifatida qayd etiladi. Penalti belgilash uchun asos yetarli emas. Komissiya hakamlarning qarorini noto‘g‘ri, deb topdi.

    21.08.2024, 20:46   Izoh (0)   10668
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erling Holand jamoadoshi Foden mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishiga munosabat bildirdi 

    21.08.2024, 13:10

    Joau Feliks London klubiga ko‘chib o‘tdi

    21.08.2024, 18:01

    Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini tugatdi

    21.08.2024, 19:15

    “Isroil G‘azodan qo‘shinlarini olib chiqishga tayyor” — AQSH davlat kotibi  

    21.08.2024, 20:05

    Gyundogan Ispaniyadan Angliyaga, Gallaher Angliyadan Ispaniyaga yo‘l oladi

    21.08.2024, 16:56

    Sven-Yoran Eriksson vidolashuv maktubini yozdi: “Meni samimiy inson sifatida eslab qoling” 

    21.08.2024, 15:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.