O‘zbekiston Kubogi E guruhi 1-turidagi “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining (1:1) 67-daqiqasida bahsli holat yuz berdi. Farg‘ona klubi tezkor qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin bo‘lgan vaziyatda namanganliklar a’zosi Azim Ahmedov to‘pni qo‘li bilan qaytarib qoldi. Uchrashuv hakami Ilgiz Tantashev futbolchini sariq kartochka bilan jazoladi. Ushbu holat ko‘pchilikning fikricha, qizil kartochkali vaziyat edi. O‘zFHM direktori vazifasini bajaruvchi Maʼmur Saidqosimov Championat.asia nashriga mazkur vaziyat bo‘yicha izoh berdi

Uning fikricha, ushbu holatda sariq kartochka to‘g‘ri berilgan. Saidqosimov qizil kartochka berilishi uchun bir nechta kriteriyalar bo‘lishi kerakligini aytdi:
Bu vaziyatda sariq kartochka beriladi. Qizil kartochka berilishi uchun bir nechta kriteriyalar bo‘lishi kerak.
1. To‘pga egalik qilish.
2. Himoyachilar soni.
3. Darvozagacha bo‘lgan masofa.
4. Futbolchining darvoza tomon harakati.
Mana shu kriteriyalarning barchasi bo‘lsagina, qizil beriladi. Bu vaziyatda hujumchi to‘pga egalik qilmayapti va darvozagacha masofa ancha uzoq. Shu bois sariq kartochka to‘g‘ri berilgan.
Izoh (0)