Bugun, 31-oktabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 28-tur o‘yinlariga start berildi. Kun taqvimidan uchta o‘yin o‘rin olgandi. Ularning barchasi yakunlandi.
Yuqori oltilikda chempionlik uchun kurash olib borayotgan, ayni damda musobaqa peshqadami “Lokomotiv” o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilib, Anzur Ismoilovning 90-daqiqada kiritgan goli sabab g‘alaba qozondi.
Quyi oltilik jamoalaridan “Qizilqum” o‘z uyida “So‘g‘diyona” bilan bellashib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Farg‘ona “Neftchi” O‘zbekiston Kubogi—2018 g‘olibi AGMKni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Pepsi Superliga
28-tur bellashuvlari
31-oktabr, chorshanba
Izoh (0)