O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda rimliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 5 nafar futbolchi nomzodlar qatoridan joy olgan. Shomurodovdan tashqari, Mile Sivilar, Matias Sule, Brayan Kristante va Evan N’Dika kabilar aprel oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurash olib bordi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi g‘olib deb topildi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan oy “Roma” safida 4 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Izoh (0)