WBC, WBA va WBO kamari sohibi, og‘ir vazn toifasidagi mag‘lubiyat seriya qayd etib kelayotgan ukrainalik bokschi Oleksandr Usik IBF chempioni Daniel Dyubua bilan revansh jangini 19-iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida o‘tkazadi. Ushbu jangda The Ring kamari ham o‘ynaladi.

Usik jang anonsiga munosabat bildirib shunday dedi:
Yana mutlaq chempionlik uchun kurashish imkoniyatini bergani uchun xudoga shukr. Dyubua, mening IBF kamarimni vaqtincha saqlab turganing uchun rahmat, endi uni qaytarib olmoqchiman, deya Oleksandrning so‘zlarini keltirmoqda vRINGe.com nashri.
Eslatib o‘tamiz, Usik o‘zining so‘nggi jangini 2024-yil 22-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazgan edi. U britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi ringga chiqib, hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozongan.
Dyubua esa o‘zining oxirgi jangini 2024-yil 22-sentyabr kuni Londonda o‘tkazdi. U hamyurti Entoni Joshua bilan to‘qnash kelib, beshinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, Dyubua va Usik o‘rtasidagi birinchi jang 2023-yilning 26-avgust sanasida bo‘lib o‘tgan. Mazkur bahsning 9-raundida ukarinalik sportchi raqibini texnik nokautga uchratgan.
Izoh (0)