Promouter Eddi Hirn Entoni Joshuaning keyingi raqibi bo‘lishi mumkin bo‘lgan bokschilarni aytib o‘tdi.
Joshua sentyabr oyida o‘z jangini o‘tkazadi. Quyidagi bokschilar uning ehtimoliy raqibi bo‘lishi mumkin: Tayson Fyuri, Oleksandr Usik, Daniel Dyubua, Filip Hrgovich, Jozef Parker va Deontey Uaylder.
Ushbu bokschilardan biri Entoniga qarshi ringga ko‘tariladi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, Fyuri va Usik oktyabr oyida revansh jangida ishtirok etadi. Lekin baribir ro‘yxatga kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Joshua so‘nggi jangini mart oyida Frensis Ngannuga qarshi ringga ko‘tarilib, 2-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)