Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) Daniel Dyubuani Oleksandr Usik bilan jang qilishga rasmiy da’vogar sifatida e’lon qildi.
Dyubua — og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik IBF chempioni hisoblanadi. U 2-iyun kuni Filip Hrgovichni texnik nokautga uchratib, kamarni qo‘lga kiritgan edi.
Usik esa 19-may kuni Tayson Fyuriga qarshi jangda g‘alaba qozonib, og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Daniel Dyubua va Oleksandr Usik 2023-yilning avgust oyida to‘qnash kelgan edi. Ukrainalik bokschi 9-raundda raqibini muddatidan avval mag‘lub etgandi.
Izoh (0)