• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boks

    Oleksandr Usik portreti: ukrainalik bokschi qanday qilib yengilmas jangchiga aylandi?

    2024-yil may oyida Oleksandr Usik so‘nggi 25 yil ichida og‘ir vazn toifasida birinchi mutlaq jahon chempioniga aylandi. Ukrainalik bokschi chempionlik jangida Tayson Fyuridan ustun kelgandi.

    Foto: Sports

    21-dekabr kuni u Tayson bilan revansh jang o‘tkazadi. Oleksandr hanuz mag‘lubiyatga uchramadi (22-0) va ikkinchi divizionni ham zabt etdi.

    Usik sportchi va chempion sifatida qanday odam? Uning o‘ziga xos jihatlari va kuchi nimada?

    “Men u bilan 4 raund jang qildim va holdan toygan edim. Ammo u buni 15 raund davomida uddalay oladi”

    Oleksandr Usik 10 kilometr suzish va to‘p bilan jonglyorlik qilish orqali o‘z jismoniy holatini oshiradi. Uning menejeri Egis Klimasning aytishicha, Entoni Joshua bilan revansh jangi oldidan Usik har kuni 10 kilometr suzib, 100 kilometr velosipedda yurib, tayyorgarlik ko‘rgan. U yugurishni unchalik yoqtirmaydi, ammo Anatoliy Lomachenkoning tavsiyasiga ko‘ra, ko‘p vaqtini basseynda o‘tkazadi va bir necha daqiqa davomida suv ostida nafasini ushlab turadi.

    Buni Usik bilan birga shug‘ullangan bokschi Derek Chisora tasdiqlaydi:

    “Mashg‘ulotlardan charchab, biroz dam olmoqchi bo‘lganimda, Usikni ko‘rib qoldim, u charchagandek tuyuldi. U menga 5 soat davomida suzganini aytdi. Men bunga ishonmadim, ammo uning murabbiyi yolg‘on gapirmayotganini aytdi va video ko‘rsatdi — Usik katta olimpiya basseynida suzib yurardi”.
    Foto: Sports

    Usik mashg‘ulotlar lagerida 3,5 daqiqalik 15 raundni 20 soniyalik tanaffuslar bilan bajarardi.  Yig‘in davomida u jami 250 raundgacha mashg‘ulot o‘tkazadi. Tayson Fyuri bilan birinchi jang oldidan Usik o‘zining Ready to Fight ilovasi orqali 40 sparring sherigini almashtirgan.

    Mayris Briedisga qarshi jang oldidan Usikning sparring sherigi bo‘lgan Aleksey Papin shunday deydi: “Men u bilan 4 raund jang qildim va charchab qoldim. U esa 15 raund davomida shu tempda ishlay olardi. 4-raundgacha menga qiyinchilik tug‘dirmadi, agar 8-10 raund davom etganda, men uchun vaziyat butunlay boshqacha bo‘lardi. Men o‘shanda 4 raundga, maksimum 5 raundgacha chidardim”.

    2015-yilda Usik bilan sparring va jang o‘tkazgan bokschi Andrey Knyazev ham bu haqida aytib o‘tadi: 

    “Usikda yuqori darajali mehnatsevarlik borligini bilaman. Yaxshi nafas oladi va o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Albatta, charchaydi, chunki 3-4 nafar yangi sparring sherik almashtiradi, sen uchun bu birinchi raund bo‘lishi mumkin, ammo u 10-11-raundida ishtirok etayotgan bo‘ladi. Vazifa esa — unga doimiy zarba berib turish. Sen doimo u tomonga otilib turasan. Hali charchamagansan. Unga esa og‘ir, biroq buni sezdirmaydi, o‘zini ustalik bilan nazorat qiladi”.
    Foto: Sports

    Usik plyajda mashq qiladi, u yerda sprintlar bajaradi; yoga to‘pida jonglyorlik qiladi; muzdek suvda tiklanadi; koordinatsiya va reaksiyani yaxshilash uchun tanga otib ushlaydi; psixikaga oid mashqlar bajaradi va Shulte jadvali (tasodifiy joylashgan obyektlarni ma’lum tartibda topishni talab qiluvchi jadval, e’tibor va periferik ko‘rish qobiliyatini rivojlantiradi) bilan ishlaydi.

    “Usikni mashg‘ulotlarda beradigan hajmida yengib bo‘lmaydi, — degan edi 2018-yilda Usikdan mag‘lubiyatni qabul qilib olgan Mayris Briedis. — Dunyoda ko‘plab iqtidorli bokschilar bor, lekin og‘ir damlarda o‘sha bir qadamni tashlay oladigan odamlar juda kam — hammasi ham oxirigacha yetib bora olmaydi va qo‘lqoplarini tashlaydi”.

    Mashg‘ulotlar davomida u nafasni ushlab turish usulidan foydalanadi, bu ruhiy kuchni oshirish va jismoniy imkoniyatlarni sinashning bir usuli. Og‘ir lahzalarda, nafas olmasang o‘lib qolish mumkin bo‘lgan pallada, ichki resurslarni topadi — bu vaqtda miyada ko‘plab jarayonlar sodir bo‘ladi. So‘nggi, abadiy tuyulgan 10 soniyada u o‘zini ishontiradi va davom etadi.

    Usikning kuchi va tayanchi — e’tiqodi. Og‘ir damlarda, imkonsiz tuyulganda, u Xudoni eslaydi.

    Tayyorgarlik paytida Usik ko‘p raqs tushadi va og‘ir damlarda — ibodat qiladi.

    Usik bolaligida xalq raqslariga qatnashgan, hozirda ularni boks mashg‘ulotlarining bir qismiga aylantirgan. U koordinatsion zinapoyada mashqlar bajarayotganda ham raqs tushadi, bu esa jamoasining kulgusiga sabab bo‘ladi. 2013-yilda Butunjahon boks seriyasida Oleksandr bilan tanishgan va uning jamoasi bilan ishlagan Dmitriy Luchnikov shunday deydi:

    “Bir marta kruzerveytda Usikning oyoqlari yosh Muhammad Alining oyoqlaridek ekanligini aytgandim. U o‘shanda yengilroq, tezkorroq va harakatchan edi. Endi esa u boshqacha. Usik — bu koordinatsiya, jismoniy tayyorgarlik, yuqori darajadagi boks maktabi. Mayk Tayson aytganidek, har qanday bokschida birinchi o‘tkazib yuboriladigan zarbagacha ishlaydigan rejalar mavjud. Shundan so‘ng bokschi boks DNK siga qaytadi. Mana shuning o‘zi darajani ko‘rsatadi. Sashada esa bu narsa juda yuqori darajada”.

    Foto: Sports

    Usik raqslar yordamida mashg‘ulotlarda ijobiy muhitni yaratadi — o‘zi ham raqsga tushadi, jamoani ham raqsga chorlaydi. Bokschi Andrey Knyazev shunday eslaydi: “Men ko‘p marta mashg‘ulotlarga borganimda, u avval raqsga tushar, keyin qo‘shiq aytar, so‘ng yana nimalarnidir kuylab, raqsga tushardi. U o‘zini ekranda qanday tutsa, hayotda ham xuddi shunday. Men uni mashg‘ulotlar lagerida aynan shunday ko‘rganman. U qovog‘ini solib kelganini hech ko‘rmaganman. Doim hazil-mutoyiba, suhbatlar bo‘lardi”.

    Luchnikov ham ukrainalik bokschining xatti-harakatidan hayratga tushgan edi: “O‘shanda (2018-yilda) u menga quvnoq, xushmuomala, yetarlicha samimiy, lekin o‘z qadr-qimmatini biladigan odam bo‘lib ko‘ringan edi. Menimcha, Usikdan ruhiy kuchni o‘rganish kerak. Jamoa jiddiy kayfiyatda bo‘lib, hayajonlanayotgan qiyin paytlarda u musiqa qo‘yib, barchani ruhlantirgan holda raqsga tushishi yoki hazillashishi mumkin edi”.

    Usik har doim bu lahzalarni sezardi va ularni g‘ayrat bilan to‘ldirardi. Xuddi atom stansiyasidek edi u. Undan maksimum o‘ychanlikni ko‘rish mumkin. Men hech qachon og‘ir janglardan so‘ng unda tushkunlikni ko‘rmaganman. Esimda, Mayris Briedis bilan bo‘lgan jangdan keyin Riga aeroportida uchrashganimizda, Usik bu o‘sha paytgacha karyerasidagi eng og‘ir jang bo‘lganini tan olgan, ammo u tushkun ko‘rinmasdi.

    Oleksandr faoliyati boshida uni “o‘tin” deb atashardi. Klichko esa uning boshi og‘ir vazn uchun kichikligini aytgandi

    “Dastlabki mashg‘ulotlarda men (Usikning Olimpiada chempioni va jahon chempioni bo‘lishiga) ishonmagandim”, — dedi Usikning birinchi murabbiyi Sergey Lapin. — “Ammo yetti oydan keyin u kelajakda jahon chempioni bo‘lishini o‘zim aytdim. Qrimdagi hamma bu gapimga guvoh. Garchi menga: “Kim, u? Axir u o‘tin-ku”, deyishgan bo‘lsa ham. Hozir bu odamlar boshqacha gapirishyapti. Sasha 2001-yil sentyabrda kelgan, mart oyida esa biz Qrim chempionatiga bordik. U yerda u g‘alati sakrash amalga oshirdi, beldan pastroqqa zarba o‘tkazib yubordi — menga yana: “Ko‘rdingizmi, u o‘tin”, deyishdi”.

    U boksdagi ilk mashg‘ulotiga 14 yoshida kelgan — ungacha futbol bilan shug‘ullangan edi. Lapin uni keyinchalik Ukraina chempioni bo‘lgan o‘z o‘g‘liga qarshi qo‘ydi. Usik zaif ko‘rinar, lekin xarakter ko‘rsatgan — bu murabbiyni darhol hayratga solgan:

    “Boks uchun u allaqachon “qariya” edi. Alohida jismoniy qobiliyatlarni sezmadim. Kamiga unda kasalliklar ham bor edi: astma, ko‘krak qafasi yaxshi rivojlanmagan. Lekin uni katta o‘g‘lim Seryoja olib keldi. Shuning uchun ham rad etmadim. Mana, dedim, bor, u bilan birga mashq qil. Sergey uni urardi, urardi, urardi... Buncha zarbalardan keyin u qaytib kelmasa kerak deb o‘ylagandim. Sasha esa keldi. Yana ham dadil holatda!”.

    Foto: Sports

    Jurnalist Aleksandr Belenkiy Usik bilan 2012-yilgi Olimpiadadan keyin, u hali birinchi og‘ir vaznda ham, og‘ir vaznda ham chempion bo‘lmaganida tanishgan. “Sports” nashriga bergan intervyusida Belenkiy Usikda o‘ta xotirjamlik va jahon chempioni bo‘lishiga bo‘lgan ishonchni ta’kidladi — bu professional faoliyatini boshlaganidan to‘rt yil o‘tib sodir bo‘ldi:

    “Biz Klichko jangini muhokama qilgan teleko‘rsatuvlardan birida uchrashdik. O‘shanda Usik karyerasini boshlagan va umuman, yosh yigitga o‘xshab ko‘rinardi. Esimda, Vitaliy Klichko keldi — Usik uning yonida xuddi bolaga o‘xshardi. Vitaliy shu qadar yirik va baquvvat ediki, go‘yo “ular qanday qilib bir vaznda harakat qilishlari mumkin?”, deb o‘ylardim. O‘sha paytlardayoq Usik jahon chempioni bo‘lishni, shu bilan birga, o‘sha vaqtda yuqorida turgan aka-uka Klichkolar oldida u o‘zini kichik emasligini isbotlashni istardi.

    Bir kuni biz Artur Beterbiyev haqida gaplashdik (Usik u bilan havaskorlar boksda bir necha bor to‘qnash kelgandi). Men Beterbiyevni taniyman, undan intervyu olganman. Havaskor Beterbiyevni yengish haqida hech kim gapirmasdi ham. Bu juda katta ish edi. Usik esa bu haqida juda xotirjam gapirardi. Tushunyapsizmi, bu o‘zini ko‘z-ko‘z qilish yoki maqtanchoqlik emas, balki ichki xotirjamlik edi.

    Garchi bir safar teleko‘rsatuvda qizg‘in tortishib qolgan bo‘lsak-da, lekin bu do‘stona ruhda edi. Men unga Kshishtof Glovatskiy bilan jang qilishga hali erta, dedim. U esa: “Tayyor emasligimni qayerdan bilasiz? Tayyorman”, deb javob bergan. Va u buni qanday amalga oshirishini tushuntirib bergan. Keyinchalik (2016-yildagi g‘alabadan so‘ng) Usik: “Yutqazmasligimni bilardim”, — dedi.

    Foto: Sports

    Menga u biroz o‘ziga ortiqcha ishongandek tuyuldi. Usik chempion bo‘lishi mumkinligini tushunardim, lekin titul uchun kurashishdan oldin yana bir necha jang o‘tkazishi kerak, deb o‘ylardim. “Nega hammangiz shunday fikrdasiz? Nega buncha ishonchingiz komil? Erta emas — mening vaqtim keldi”, — dedi Oleksandr. Bu biz tortishgan yagona holat edi.

    Kunlardan bir kuni Vitaliy Klichko bilan Usik hali birinchi og‘ir vazn toifasida champion bo‘lmagan paytda uning istiqboli haqida suhbatlashgandik. Vitaliy: “Bilasanmi, hammasi joyida, lekin uning boshi kichkina. Turli og‘ir vaznli bokchilarni ko‘rganman, ammo Usikdek tana tuzilishiga ega odamlarning zarbani yaxshi qabul qilganini ko‘rmaganman”, — degandi. Klichko ham unda imkoniyatni ko‘ra olmagan bir paytda, men Usikning salohiyatiga shubha qilganimdan uyalmay qo‘ydim”.

    Mayris Briedis esa Belenkiyning fikriga qo‘shilmadi: “Usik og‘ir vaznga o‘tayotganini e’lon qilganida, men u yerda uning uchun hech qanday yangilik bo‘lmasligini bilardim. Chunki u WSB yarim professional ligasida og‘ir vaznli bokschilarni yenggan va ular bilan qanday jang qilishni bilardi. So‘nggi uchta jang uning tayyorgarligini tasdiqlardi, garchi uning Joshua va Fyuri ustidan erishgan g‘alabalari meni hayratda qoldirgan bo‘lsa-da”.

    Usik — intizom qiroli. Hattoki, poyabzallar qator turmaganda ham g‘azablanadi

    “Usikni Tayson Fyuridan ajratib turadigan asosiy narsa — intizom. Bu uni buyuk qiladi, bu uning eng kuchli quroli”, —  deydi promouter Aleksandr Krasyuk. Intizom faqat ringga taalluqli emas. Usik Fyuriga qarshi birinchi jangga tayyorgarlik ko‘rayotganda, u jamoasi bilan bir uyda (taxminan 20 kishi) yashagan va u yerda qat’iy qoidalar o‘rnatgan:

    “Bu yerda tartibni o‘rnataman. Biz doim tozalab turamiz, chunki men tartibni yaxshi ko‘raman. Agar xonangda tartibsizlik bo‘lsa, u miyangda ham bo‘ladi. Agar ko‘p poyabzal ko‘rsam, ularning hammasi bir qatorga tizilgan bo‘lishi kerak. Agar bitta tufli ozgina qiyshayib tursa, “kim buni qildi ekan?” deya o‘ylanib yuraman.

    Hamma narsa mukammal bo‘lishi kerak. Bu otamning ta’siri. U menga doim, agar qizlarni o‘zimga jalb qilmoqchi bo‘lsam, toza oyoq kiyim, yaxshi kamar va toza tirnoqlarim bo‘lishi kerakligini aytardi. Menda hammasi joyida — oyoq kiyimlarim toza, to‘rtta kamarim va toza tirnoqlarim bor”.

    Foto: Sports

    Usik yoshligida boshqalardan ko‘proq ishlardi — masalan, to‘qqiz soat mashq qilar, keyin yarim tunda uyi atrofida 15 km yo‘l bosardi. Bu haqda birinchi murabbiyi Sergey Lapin shunday hikoya qiladi: “Bir kuni juda og‘ir mashqlarni bajardik. Kechqurun soat to‘qqizda barcha sparring-sheriklar chiqib ketib, o‘g‘lim ham “siz meni holdan toydirdingiz”, deb qochib ketganida, Sasha yarim kechgacha mashq qilgandi”.

    “Usik har qanday murabbiyning orzusi edi: har kuni tayyorgarlik ko‘rgan, ishga sodiq, yil davomida formada bo‘lgan va psixologik jihatdan juda chidamli edi, — deydi 2013—2017-yillarda Usik bilan birga ishlagan murabbiy Ali Bashir. — Olti-yetti yil oldin uni shug‘ullantirganimda barchaga og‘ir vaznda jahon chempioni bo‘lishini aytgan edim. Lekin hech kim ishonmagandi. Usik Joshua ustidan g‘alaba qozonishini bilardim”.

    Intizom Usikning boks falsafasidagi muhim qismga aylandi:

    “Meni hech narsa rag‘batlantirmaydi. Quloq soling, men sizga aytsam, menda motivatsiya yo‘q. Menda intizom bor, vassalom. Hech biringizda motivatsiya yo‘q. U sizda faqat shartli do‘stingiz bilan biror narsa qilishga kelishib olganingizda paydo bo‘ladi. Siz birinchi qadamni qo‘ydingiz — bu eng qiyini, siz buni qila boshladingiz. Rivojlanish uchun birgalikda nimadir qilayotganingiz sizni rag‘batlantiradi. Motivatsiya shundan iborat, chunki siz nima qilmoqchi ekanligingizni bilasiz. Bu shunchaki sizning ish tartibingiz”.

    ***

    Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi 21-dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

    12.12.2024, 22:55   Izoh (0)   15833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Usik#Fyuri#Boks

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.