O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini ikkita kamar uchun o‘tkazadi. Bu haqda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) rasmiy sahifasi orqali ma’lum qildi.

Amerikalik Jaron Ennis hozir bu vaznda chempion hisoblanadi. U 35 ta jangda ishtirok etib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (30 KO). U 12-aprel kuni litvalik Eymantas Stanionisni mag‘lub etgach, WBA unga 120 kun ichida Shahram G‘iyosov bilan jang qilish majburiyatini yukladi.
Ennis hozirda WBA hamda IBF kamarlarining egasi hisoblanadi. Jaron 12-aprel kuni Eymantas Stanionis ustidan g‘alaba qozondi va ikkita kamarni o‘zida birlashtirdi.
Ma’lumot uchun, 13-aprel kuni G‘iyosov AQSHning Nyu Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga chiqib, 4-raunddayoq raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Izoh (0)