Boks bo‘yicha super yengil vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun IBF va WBA kamarlari sohibi Josh Teylor (17-0, 13 KO) hamda WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Xose Karlos Ramires (26-0, 17 KO) o‘zaro jang qiladi.
AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan mazkur jangning boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan 23-may tongiga to‘g‘ri keladi.
Jangchilar vazn o‘lchash marosimida talabni bajargan holda bir xil natija qayd etdi — 63,3 kilogramm.
Boks oqshomi O‘zbekiston telekanallarida namoyish etilmaydi. Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) va Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO) harakat qiladi.
WBA reytingida Shahram 3-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Shohjahon 8-pog‘onada bormoqda. IBF’da Ergashev 4-o‘rin, G‘iyosov esa 13-bo‘lib turibdi. Shuningdek, Shohjahon WBO (8) yo‘nalishida ham top-10 likdan joy olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)