O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov IBF chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin.
Bu haqida O‘zbekiston professional boks assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Promouter Eddi Hirn ushbu jangni tashkil etish bo‘yicha amaliy harakatlarni boshlab yuborgan.
Yarim o‘rta vazn toifasida IBF chempioni Jeyron Ennis (31-0-28 KO) 13-iyul kuni Filadelfiyada Kodi Krouliga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq Kodiga shifokorlar jang o‘tkazish uchun ruxsat bermagan. Uning noyabr oyida o‘ng ko‘zida amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanish jarayoni ijobiy ketmayapti.
Kroulining potensial raqiblari orasida Shahram G‘iyosov (15-0, 9 KO) ham bor.
Avvalroq G‘iyosov avgust oyida Madrimov—Krouford oqshomida ringga ko‘tarilishi ma’lum qilingandi.
Shahram so‘nggi jangini fevral oyida Pablo Sezar Kanoga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)