Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Ushbu reytingdan 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan:
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev o‘tgan oydagi kabi 3-o‘rinda qayd etildi;
Yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) Shahram G‘iyosov 15-o‘rinda qoldi;
Super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastlab, 12-o‘rinni band etdi;
Super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev 6 pog‘ona pastlab, 14-o‘rindan joy oldi.
Izoh (0)