Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga fuqarolik infratuzilmasiga uzoq masofali dronlar va raketalar bilan zarba berishni 30 kun davomida to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda siyosatchi o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti 19-aprel soat 18:00 dan 21-aprel tongi 00:00 gacha “Pasxa sulhi”ni e’lon qilgan edi. Biroq so‘nggi 24 soat ichida rus armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish rejimini ikki mingdan ortiq marta buzdi. Eng ko‘p hujum Pokrovskiy yo‘nalishida amalga oshirildi. Shuningdek, 1355 ta o‘q uzish amalga oshirilgan, ulardan 713 tasi og‘ir qurollar bilan, 673 tasi esa FPV dronlari yordamida bajarilgan.
Ukraina prezidenti ta’kidlashicha, dushman frontning barcha asosiy yo‘nalishlarida sulh va’dasini bajarmagan.
Bu erishilgan va davom ettirish eng oson bo‘lgan sulh formatidir. Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga uzoq masofali dronlar va raketalar bilan har qanday zarba berishdan kamida 30 kun muddatga voz kechishni taklif qilmoqda. Agar Rossiya bunday qadamga rozi bo‘lmasa, bu uning bundan keyin ham faqat odamlar hayotini vayron qiladigan va urushni davom ettiradigan ishlarni qilishni xohlayotganining isboti bo‘ladi, dedi Zelenskiy.
Rossiya tomonidan e’lon qilingan “Pasxa sulhi”ga qaramay, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlari sukunat rejimini ko‘p buzganini xabar qildi. Buyuk Britaniya esa Putinni tinchlikka sodiqligini ko‘rsatish uchun Ukrainaning keng qamrovli sulh tuzishga roziligiga nihoyat javob berishga chaqirdi.
Izoh (0)