• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Parhez ozish uchun eng yaxshi vositami? Mutaxassis javob beradi

    Ozish mavzusi haqida juda ko‘plab afsonalarning mavjudligi sabab bugungi kunda bu jabhada haqiqiy reklama firibgarligi hukm surmoqda. Ozdiruvchi dorilar, zararsiz ozdiramiz deb katta-katta vada beruvchilar shular jumlasidan. Ko‘pchilik darhol ozishni istab qoladi. Necha yillar mobaynida yig‘ilgan bu semizlikni qisqa muddatda yo‘qotish imkonsiz, ammo buni ko‘pchilik tushunmaydi. Insonlardagi ana shu kuchli istakdan foydalanib qolishga harakat qilayotgan “biznesmenlar”,  farmkompaniyalar esa afsuski ko‘paygan. “Daryo” soha bo‘yicha mutaxassis shifokor Fazliddin Mo‘minovning bu boradagi fikrlarini keltirib o‘tadi.

    Ozishni istayotganlarning asosiy maqsadi ozish bo‘lib qoladi. Natijada ba’zilar judayam qattiqqo‘llik bilan parhez qilmoqchi bo‘ladi yoki mutlaqo ochlik orqali ozish yo‘lini tanlaydi. Bu vaqtda yo‘qotilayotgan sog‘lik haqida, afsuski, ancha kech anglab yetishadi. Avvalo, semirishni qattiq dietalar va ochlik orqali yo‘q qilish mumkin, degan afsonalarga umuman ishonmang. Nima uchunligini esa quyida batafsil gaplashamiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Parhez semizlikni yo‘qota olmaydi

    Hech qanday parhez, u qanchalik qat’iy bo‘lmasin, semizlikni yo‘qota olmaydi. Judayam kam ovqat yeyish bilan qilingan parhez orqali organizmni shunchaki qiynaysiz. Tana har qanday parhez paytida ochlikni his qiladi va ochlikni yo‘qotish uchun metabolizm darajasini pasaytirib, yog‘ to‘qimasini saqlab qolish uchun choralar ko‘radi, shunda yog‘ sekin parchalanadi. Shuning uchun parhez qilayotgan, ammo jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydigan har qanday kishi birinchi navbatda mushak to‘qimasini yo‘qotadi, yog‘ni emas.

    Tanangiz maqsadingizga qarshi ishlaydi

    Parhez qilsangiz miya organizmdagi ochlikni qondirish uchun ovqat yeyishga majbur qiladi, natijada ochlik azobi kuchayadi. Sifatsiz oziq-ovqat yeydiganlar uchun parhez qilish yanada yomonroq holat, chunki ularning tanasi ko‘plab kerakli moddalardan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, odam parhezdan keyin odatdagi ovqatlanishga qaytganda, avvalgiga qaraganda kamroq kaloriya sarflaydi va yog‘ni ko‘proq to‘playdi, chunki organizm endi ochlikdan qo‘rqadi va imkon qadar zaxira qilishga harakat qiladi. Shu sababli, qat’iy parhezlar organizmdagi yog‘ miqdorini oshiradi va sizning vazningizni ko‘paytiradi.

    Parhez va psixologiya

    Bunday parhezlarning psixologik oqibatlari yanada zararli. Och va parhez tutgan odamlar ovqat haqida orzu qiladi va xayolida doim shu fikr aylanadi. Ular xavotir va ruhiy tushkunlikka moyil bo‘lib, uglevod va yog‘ miqdorining kamaygani sabab jismoniy stressning barcha turlarini boshdan kechiradi. Ovqatlanishdan bosh tortib, tinimsiz ovqat talab qiladigan tanaga qarshi tura olmasangiz, miyaning birinchi reaksiyasi shod-xurramlikdir. Maza qilib ovqatlanasiz. Ammo xursandchilikdan keyin aybdorlik hissi paydo bo‘ladi, chunki siz bu vaqtincha zavqlanish ekanligini tushunasiz va yana qat’iyatsizligim sabab ovqat yeb qo‘ydim, irodasizman deya chuqur qayg‘uga botasiz. Buni tuzatish uchun odam yana o‘zini jazolashga harakat qiladi va yana ochlik yo‘lini tutadi, bunday tartibsiz xatti-harakatlar va stress natijasida yana semiradi.

    Fiziologiyani istaganingizcha boshqara olmaysiz

    Ochlik parhezi ham sizning salomatligingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Parhez paytida shirin desert haqida ko‘p o‘ylaysiz, bu esa miya uchun shirinlik iste’mol qilinishi to‘g‘risida signal bo‘ladi. Bu signal so‘lak va ovqat hazm qilish sharasining ko‘p chiqarilishiga olib keladi. Organizm esa qondagi shakarni kamaytirishga harakat qiladi va buning uchun insulin ishlab chiqarilishini kuchaytirish kerakligi to‘g‘risida signal beradi. Insulin miqdori ko‘paygach qonda shakar miqdori kamadi, yanada ochlik hissi kuchayadi. Natijada siz shirinlik haqida ko‘proq o‘ylay boshlaysiz va organizm insulinni yanada ko‘proq chiqarishga harakat qila boshlaydi. Oxir-oqibat insulinning qondagi shakar darajasiga nisbatan sezgirligi pasayadi. Bu esa yomon, ya’ni diabet kasalligi deganidir.

    Maqsadingiz ozish bo‘lmasin, aksincha o‘zingizni o‘zgartirish bo‘lsin

    Ozishni istasangiz, shoshilmang. Qomatingizni tartibga keltirish va tanadagi ortiqcha yog‘ darajasini pasaytirish uchun vaqt kerak. Siz butunlay o‘zgarishga, yangidan o‘zingizni yaratishga harakat qilyapsiz. Yangi ko‘rinish va hayotga yangicha qarash shaxsiyatning chuqur o‘zgarishini talab qiladi. Asta-sekin maqsadingizga qarab yurish sizning ongingizga ushbu yangi shaxsga moslashish imkonini beradi. Bundan tashqari, tez vazn yo‘qotish tanani stressga duchor qiladi, bu esa sog‘lik uchun yana bir muammo.

    Bahor – yangilanish fasli, nafaqat tabiat uchun, balki inson organizmi uchun ham

    Tanangizni yangilashni boshlash uchun yilning eng yaxshi davri – bahor. Hamma narsa bahorda yangilanadi. Iliq bahor va yozgi issiqlik yog‘ni eritib, yangi yog‘ darajasini belgilashingizga yordam beradi. Shunga qaramay, siz istalgan vaqtda boshlashingiz mumkin, hatto bu birinchi urinish bo‘lmasa ham. Siz hech qachon taslim bo‘lmang. Yuz marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsangiz ham, noldan boshlang. Har qanday urinish samimiy bo‘lsa, sizga foyda keltiradi va oxir-oqibat, albatta, natijaga erishasiz — o‘zingizni o‘zgartirasiz.

    Gimnastika – chiroyli qomat garovi

    Muntazam jismoniy mashqlarsiz vazn yo‘qota olmaysiz buni unutmang. Gimnastikani haftada to‘rt-besh marta qiladigan odamlar haftasiga atigi uch marotaba shug‘ullanadiganlarga qaraganda uch baravar tez vazn yo‘qotadilar. Tanadagi yog‘ni o‘zgartirish uchun haftada bir yoki ikki marta sport bilan shug‘ullanish yetarli emas. Doimiy mashqlar og‘ir mashqlarga qaraganda yaxshiroqdir. Hatto yarim soatlik tez yurish ham yaxshi effekt beradi. To‘g‘ri, sifatli qilingan massaj ham passiv mashqlar vazifasini bajaradi, mushaklarni harakatga keltiradi va qonga endorfinlarni (shodlik gormoni) chiqaradi.

     Nafas bu metabolizmni harakatlantiruvchi asosiy kuchdir

    Ozish uchun nafas olish alohida ahamiyatga ega. Siz hayot kuchini havodan va ovqatdan olasiz. Agar siz yaxshi nafas olsangiz, tanangiz ochlikni kamroq his qiladi. Agar ochlikni his qilsangiz, avval o‘tirib, o‘nta chuqur-chuqur nafas olishingiz kerak. Agar shundan keyin ham och bo‘lsangiz, ovqat yeyishingiz mumkin, ammo aksariyat hollarda ochlik hissi kamaygani yoki yo‘qolgani ma’lum bo‘ladi. Nafas mashqlarini o‘rganib oling va bunga doim amal qiling.

    Ko‘p uyqu – ortiqcha vazn demakdir

    Haddan tashqari ko‘p uyqu ortiqcha vaznning muhim sababidir. Uyquni qisqartirish uchun har kuni bir vaqtda turing va uxlang. Agar siz odatdagidan oldin yotgan bo‘lsangiz, ertasi kuni ertalab ertaroq turing. Tong otishidan bir yarim soat oldin yoki kamida soat 6 da uyg‘onishga harakat qiling. Uyquni tartibga solishni boshlaganingizdan bir oy o‘tgach, umumiy uyquni yarim soatga kamaytiring. Ko‘p odamlar har kuni ertalab yarim soat oldin turishdan ko‘ra, har kuni kechqurun yarim soat keyin yotishni osonroq deb bilishadi. Minimaligingizga yetguncha har oy uyquni yarim soatga qisqartirib boring. Olti-yetti soat kifoya qiladi, bemor odamlardan tashqari hech kim sakkiz soatdan ortiq uxlamasligi kerak.

    Ovqatlanishingizni nazoratda ushlang

    Haftada bir marta o‘zingizning xohishingiz bo‘yicha ro‘za tuting. Shuningdek, qanday ovqat istemol qilayotganingiz bo‘yicha o‘zingizga eslatma qilib boring. Ko‘pincha keraksiz oziq-ovqat iste’moli ongsiz ravishda sodir bo‘ladi. Ba’zi odamlar ovqatdan oldin yoki keyin nima yeyishganini yozib jurnal yuritadi. Boshqalar esa biron narsani yutishdan oldin uchgacha sanashadi. Qaysi usulni tanlashingizning farqi yo‘q. Muhimi miyani ovqatlar haqida ogohlantirib borsangiz yetarli.

    Shoshilib yeyish – ko‘p yeyishning birinchi sababi

    Ovqatni yaxshilab chaynayotganingizga ishonch hosil qiling. Chaynash natijasida u sizga lazzat beradi. Semirib ketgan odamlar odatda ovqat lazzatlariga judayam o‘ch bo‘lishadi. Shunday qilib, yaxshilab chaynash tufayli odam ozroq ovqatdan ko‘proq qoniqish hosil qiladi. Chaynashning o‘zi sizning ovqatlanish istagingizni qondirishga yordam beradi. Yaxshi ta’m va mazmunli qoniqish uchun har bir ovqatni alohida iste’mol qiling. Yodingizda bo‘lsin  mazali taomni xayol qilmang. Bu holat yuqorida aytganimdek tanadagi yog‘ingizni ko‘paytiradi. Sizning xayolingiz juda faollashganda, sayr qiling, suyuqlik iching.

    Miyani chalg‘itishga harakat qiling

    Ovqatni kichikroq idishda yeyishga harakat qiling. Chunki kichikroq idishda ovqat hajmi ko‘proq bo‘lib ko‘rinadi va miya qoniqish hosil qiladi. Sekin-sekin oshqozon ham kamroq miqdordagi ovqatga moslashadi, hajmi kichrayib ovqatga nisbatan kuchli xohishni pasaytiradi. Shuningdek, o‘zingizni ozroq ovqat yesangiz ham to‘ygandek his qilasiz.

    Kompensatsiya

    Ushbu o‘tish davrida vitaminlar va mineral qo‘shimchalarga boy ovqatlarni iste’mol qilishni esdan chiqarmang, chunki tanangiz biron bir ozuqaviy moddaga ehtiyoj sezmasligi kerak. Ushbu qo‘shimchalar yog‘ darajasini pasaytirmaydi, ammo moddalar almashinuvini sezilarli darajada kuchaytiradi. Shuningdek ovqatlanishga nisbatan kuchli xohishni so‘ndirishga yordam beradi. Kaloriyali, yog‘li foydasiz ovqatlardan voz kechib, tabiiy ovqatlarni ko‘p miqdorda qo‘rqmasdan istemol qilavering. Tabiiy oziq-ovqatlar sizni semirtirmaydi, aksincha sog‘lom, tetik va ortiqcha vazndan xalos qiladi. Bunday ovqatlarga sabzavotlardan qilingan sho‘rva, qaynatma sho‘rva, mevalar, yong‘oq, bodom, dukkaklilar, rezavor mevalar, baliq, sut va sut mahsulotlari, chakanda va zaytun moylarini kiritish mumkin.

    Yog‘ haqida ikki og‘iz

    Hamma joyda semiz bo‘lishdan ko‘ra ozg‘in bo‘lish yaxshiroq deb da’vo qilinsa-da, esda tutingki, yog‘ning yetishmasligi organizmni susaytiradi va immunitet tizimiga zarar yetkazadi. Yog‘ normal miqdorda siz uchun foydali va kerakli to‘qimadir. Yog‘ haqida yuqorida aytilgan barcha fikrlar bu ortiqcha oq yog‘ga tegishlidir.

    Psixologik omil haqida

    Demak semirishning asosiy sabablaridan biri psixologik holat ekanini inobatga oling. Yolg‘izlik hissi, judayam og‘ir musibatlar, og‘ir darajadagi va uzoq vaqt davom etadigan ruhiy bosimlar natijasida organizm o‘zini o‘zi qutqarish uchun barcha tashvishlardan holi hudud yaratishga harakat qilib tanani yog‘li qobiq bilan o‘rab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun siz, avvalambor, muntazam ravishda mashq qilishingiz, ko‘proq harakat qilishingiz va o‘zingiz uchun yaxshi va sodiq do‘stlar topishingiz kerak. Shaxsan men kuchli jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaslikni ma’qul deb bilaman. Chunki og‘ir jismoniy mashqlar organizmni sportdan bezdiradi, qondagi shakar miqdorini keskin o‘zgartirib, sizda ovqatlanishga nisbatan kuchli xohishni uyg‘otadi, shuningdek, bunday mashqlar organizm uchun foydali emas, balki zararlidir.
    27.03.2021, 13:58   Izoh (0)   36786
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keyin kech bo‘ladi: Tromb paydo bo‘layotganidan darak beruvchi 7 simptom

    26.03.2021, 14:26

    Oshqozon osti beziga zarar yetkazadigan ichimliklar ma’lum qilindi

    26.03.2021, 10:42

    Nima uchun burun bitadi va bunday vaqtda qanday uxlash mumkin?

    25.03.2021, 17:34

    Nima uchun bosh aylanadi? Sabab va yechimlar

    25.03.2021, 13:58

    Quloq shang‘illashi: Koronavirusning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan simptomi ma’lum bo‘ldi

    25.03.2021, 12:24

    Do‘stlar insonni infarkt va koronavirusdan qanday himoya qila oladi?

    25.03.2021, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10

    Jeff Bezosning qallig‘i Parijda dabdabali qiz bazmini o‘tkazdi

    Layfstayl | 18 may, 17:55

    Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda avtomobil zavodi qurishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.