• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida prezidentning tabrigi to‘liqligicha taqdim etiladi.

    Muhtaram vatandoshlar!

    Siz, azizlarni, butun xalqimizni tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlaridan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Ushbu saodatli damlarda barchamiz bu ulug‘ ayyomning ruhi va shukuhini chuqur his etib, el-yurtimiz bilan birgalikda shunday yorug‘ kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

    Xalqimiz hayotida ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik ramzi sifatida mustahkam qaror topgan Qurbon hayiti bugungi kunda biz uchun barcha sohalarda inson qadri yetakchi o‘ringa chiqayotgan Yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar mazmuniga naqadar uyg‘un va hamohang ekani bilan yanada ahamiyatli bo‘lib bormoqda.

    Ayniqsa, mahalla va xonadonlarimizda tinchlik-osoyishtalik, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlash, keksalar, yoshlar va xotin-qizlar, kam taʼminlangan oilalar haqida g‘amxo‘rlik qilish, hech kimni mehr va eʼtibordan chetda qoldirmaslikka qaratilgan ezgu ishlarimizda muqaddas dinimiz, uning insonparvarlik mohiyatini o‘zida yaqqol ifoda etadigan ushbu fayzli bayram biz uchun ibrat maktabi, kuch-g‘ayrat manbai bo‘lib xizmat qiladi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Aziz do‘stlar!

    Qalblarimiz quvonchga to‘lgan ushbu yorug‘ kunlarda keyingi yillarda mamlakatimizda azaliy diniy qadriyatlarimizni tiklash, muqaddas qadamjolarni obod qilish borasidagi ulkan ishlar, yurtimiz mo‘min-musulmonlarining ibodat arkonlarini, jumladan, haj va umra ziyoratlarini erkin amalga oshirishlari uchun yaratib berilayotgan qulay sharoitlar haqida so‘z yuritishimiz tabiiydir.

    Qisqa muddatda Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy markazlari tashkil etildi. Abu Iso Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Sulton Uvays Qaraniy, Suzuk ota yodgorlik majmualari tubdan obod qilindi. Yangitdan barpo etilayotgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi va Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish va jihozlash ishlari jadal davom ettirilmoqda. Shular qatorida shahar va qishloqlarimizda ko‘plab muhtasham masjidlar barpo etilmoqda.

    So‘nggi yetti yilda 60 mingdan ziyod yurtimiz musulmonlari haj amallarini bajardilar. Shu kunlarda yana 15 ming nafar vatandoshimiz ikki muqaddas shahar — Makka va Madina ziyoratiga borib, o‘zlarining ezgu orzularini amalga oshirmoqdalar.

    Pok niyatlar ijobat bo‘ladigan mana shunday ilohiy lahzalarda ularning barchasiga chin dildan haj ibodatlarini to‘liq ado etib, yurtimizga sog‘-omon qaytib kelishlarini tilaymiz.

    Hayit bayrami arafasida Makkai mukarramada bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, hurmatli muftiyimiz shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bilan telefon orqali bo‘lgan muloqotimizda yurtdoshlarimizning muqaddas haj ibodatini mukammal ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganini u kishi alohida taʼkidlab o‘tdilar. Umid qilamizki, hojilarimiz Vatanimizga qaytgach, jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi hamda oilalar totuvligini kuchaytirishda ibrat va namuna ko‘rsatadilar.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Mana shu qutlug‘ lahzalarda turli zaruratlar bilan xorijiy ellarda bo‘lib turgan vatandoshlarimizni ham samimiy tabriklab, ularga sog‘lik-omonlik, baxt va omad tilaymiz.

    Dunyoning uzoq-yaqin mamlakatlaridagi dindoshlarimizga ham qizg‘in qutlovlar yo‘llab, ularning xalqlari va mamlakatlariga tinchlik, ravnaq va farovonlik tilab qolamiz.

    Ilohim, jahonning turli mintaqalarida davom etayotgan urush va janjallar tezroq barham topsin! Yer yuzida doimo tinchlik va osoyishtalik barqaror bo‘lsin!

    Aziz va qadrli do‘stlar!

    Bugun biz ko‘pmillatli xalqimiz bilan birga Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz. Yangi O‘zbekiston bu — yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak degani. Barchamiz hamjihat bo‘lib, boshlagan islohotlarimizni yanada qatʼiy davom ettirsak, bu ulug‘ maqsadga so‘zsiz yetamiz.

    Farzandlarimizni albatta bilimli, hunarli, odobli insonlar, chinakam vatanparvar avlod etib voyaga yetkazamiz. Shu yo‘lda barchamizga baxt va omad yor bo‘lsin!

    El-yurtimizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!

    Siz, azizlarni muqaddas Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

    Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    15.06.2024, 21:23   Izoh (0)   4046
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

    12.06.2024, 11:31

    O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

    12.06.2024, 15:28

    O‘zbekistonda Qurbon hayiti kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    14.06.2024, 12:35

    Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi (foto)

    15.06.2024, 20:57

    Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    15.06.2024, 20:02

    Janubiy Koreya prezidenti va rafiqasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi (foto)

    15.06.2024, 19:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.