• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    35 yoshdan keyin onalik baxtiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar (video)

    Ayol kishi uchun ona bo‘lishdan-da ortiqroq baxt yo‘q. Bu baxt kimgadir erta, kimgadir biroz kechroq nasib qiladi. Ayrim ayollar esa o‘g‘il-qizlari ulg‘ayganida go‘dak isini sog‘inib qoladi. O‘zbek san’ati vakillari orasida ham 35 yoshdan keyin farzand ko‘rganlar talaygina. Quyida ular haqida ma’lumot beriladi.

    Xosiyat XusanovaAktrisa Xosiyat Xusanova o‘g‘li Imronbekni 47 yoshida dunyoga keltirgan. Imronbek bu yil 7 yoshni qarshilaydi.

    Foto: Instagram / @xosiyat_xusanova

    Foto: Instagram / @xosiyat_xusanova

    — Shifokorlar o‘g‘limni dunyoga keltirishimga jiddiy qarshilik qilishgan. Tavakkal — peshonada borini ko‘raman, deganman. Qo‘rqitishlarning asosiy sababi faqatgina yoshim bilan bog‘liq emas, balki 2008-yil dahshatli avtofalokatga uchraganim bo‘lgan. Avariyada tos suyaklarim butkul maydalanib, oyoq sonlarim ikkiga bo‘linib, yuzimning yarmi yo‘q bo‘lib ketgandi. Ikki yil to‘shakka mixlanib, o‘z hojatimga ham yaramay qolgandim. Xullas, shu sabab shifokorlar homilador bo‘lishimga qarshi bo‘lishgan.To‘shakka mixlanib qolganimda qizimning yolg‘izligini his qilganman. Baribir insonga jigar kerak ekan, deb Allohdan Imronbekni tilab olganman, — deydi aktrisa Xosiyat Xusanova.

    Nargiz Yandasheva

    Xonanda Nargiz Yandasheva esa 41 yoshida onalik maqomiga erishgan. U tug‘uruqdan keyingi intervyusida, farzandli bo‘lishni 12 yil kutganini ma’lum qilgan. Hozirda uning 4 yoshlik Alibek ismli o‘g‘li bor.

    Foto: Instagram / @nargiz_singer

    Foto: Instagram / @nargiz_singer

    — O‘g‘lim hayotimga nur olib kirdi. Yashashga, ijod qilishga bo‘lgan ishtiyoqim yanada oshdi. Ilgari odamlarning gap so‘zi ham yuragimni og‘ritardi. Xuddi hamma mening befarzandligim haqida gapirayotgandek bo‘lardi. Farzand mitti bo‘lsa-da, oilani mustahkamlaydi. Men bunga hayotimda ko‘p bor amin bo‘ldim, — deydi xonanda Nargiz Yandasheva.

    Sevara Nazarxon

    Xonanda Sevara Nazarxon 2016-yili qizi Imon Anvarni dunyoga keltirgan. O‘shanda xonanda 40 yoshda edi. Uning qizidan tashqari, Dengiz ismli o‘g‘li ham bor.

    Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

    Foto: Instagram / @sevara_nazarkhan

    “Hamma bolalarimni menga o‘xshatishadi, ammo men ko‘proq ulardek bo‘lishni istayman. Hamisha ulardek mehribon, samimiy va sho‘x bo‘lishni istayman”, — deb yozadi u Instagram sahifasida.

    Leyli

    Sobiq “Setora” guruhining vakili Leyli 40 yoshida ikkinchi bor ona bo‘lgan. U 2018-yili qizi Salmani dunyoga keltirgan. Ijodkorning Amir ismli o‘g‘li ham bor.

    Foto: Instagram / @leyli_setora

    Foto: Instagram / @leyli_setora

    U “Myday TV”ning YouTube kanaliga bergan intervyusida o‘g‘lini dunyoga keltirgan vaqtlarda ishi ko‘pligi sabab, unga yetarlicha e’tibor berolmagani va uni katta qilishda onasi ko‘maklashganini ta’kidlab o‘tgandi.“Salmada onalik gashtini his qildim, Amir chaqaloqligida buning qanday ekanini bilmagan ekanman”, — dedi xonanda Leyla.

    Feruza Latipova

    Sobiq “Setora” guruhining yana bir a’zosi Feruza Latipova 2014-yil 38 yoshida qizi Leylani dunyoga keltirdi. Xonandaning Daler ismli o‘g‘li ham bor.

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    “Men har kuni orzu qilishni, yaratishni, sevishni, zavqlanishni, tabassum qilishni, qo‘shiq aytishni, hayol qilishni, mo‘jizalarga ishonishni va baxtli bo‘lishni xohlayman. Qizim, kasal bo‘lmang va xafa bo‘lmang. Va sizni oldinda ko‘plab buyuk kashfiyotlar va yutuqlar kutmoqda. Barchamiz sizni yaxshi ko‘ramiz”, — deb Instagram sahifasida post qoldirgan xonanda.

    Huvaydo Jumayeva

    O‘zbekiston davlat Satira teatrining aktrisasi Huvaydo Jumayeva 38 yoshida to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirdi.

    Foto: Huvaydo Jumayeva arxividan

    Foto: Huvaydo Jumayeva arxividan

    — 2020-yili kichik o‘g‘lim Muhammadaminni dunyoga keltirgandim. Shunday keyin menga sherik yo‘q, deb qizim biroz o‘ksidi. Shunday keyin unga ham sherik kerak deb Xudodan qiz farzand so‘radim. Yaqinda kenja qizim dunyoga keldi, — deydi aktrisa Huvaydo Jumayeva.

    Feruza Sobitova

    Aktrisa Feruza Sobitova ham 38 yoshida onalik baxtiga erishgan. U o‘g‘li Imronni 2013-yilda dunyoga keltirgan.

    Foto: Feruza Jumayevaning arxividan

    Foto: Feruza Jumayevaning arxividan

    — To‘qqiz yil farzandsizlik alamini chekkanman. Uzoq vaqt homilador bo‘lolmaganman. “Opa-singillar” serialining tug‘uruqxonada tasvirga olinadigan sahnasida rejissor Zamira Begimqulova “Feruza, bu yer chillaxona, yaxshi niyatlar qilavering. Xudo yetkazadi”, deb ko‘p aytgandi. Qo‘limga chaqaloqlarni olib, menga ham bir kuni o‘z bolamni bag‘rimga bosish nasib etsin, deb niyat qilgandim. Ming bor shukr, Alloh nolalarimni eshitib, 2013-yil o‘g‘il farzand ato etdi, — deydi aktrisa Feruza Sobitova.

    Feruza Meliboyeva

    Aktrisa Feruza Meliboyeva 2021-yili uchinchi bor ona bo‘ldi. U kenja o‘g‘lini 38 yoshida dunyoga keltirdi.

    Foto: Feruza Meliboyevaning arxividan

    Foto: Feruza Meliboyevaning arxividan

    — Onalarimiz “Bolaning ko‘pi yaxshi”, deb bejiz aytishmaydi. O‘g‘il qizimga uka olib kelishni niyat qilgandim, bir yil avval shu niyatimga erishdim. Homiladorlikda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bo‘ldi. Ammo bolani qo‘lga olganda, hammasi unutildi, — deydi aktrisa Feruza Meliboyeva.

    Gulchehra Eshonqulova

    Ayni kunlarda oilasi bilan AQSHda iste’qomat qilayotgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova qizi Sumayyani 37 yoshida dunyoga keltirgan.

    Foto: Instagram / @gulchehra_eshonqulova

    Foto: Instagram / @gulchehra_eshonqulova

    “Jonim qizim seni bizga bergan Allohimga behisob shukrlar bo‘lsin”, — deb Instagram sahifasiga qizi bilan tushgan suratini joylagan aktrisa.

    Rayhon

    Xonanda Rayhon G‘aniyeva 36 yoshida Islom va Imron ismli egizaklarini dunyoga keltirgan. Ammo ma’lum muddat farzandli bo‘lgani bilan bog‘liq ma’lumotni sir tutgandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Bu yangilikni hech kimga aytmagandik, faqat qarindoshlar bilardi. Ikki o‘g‘limdan biri kichikroq tug‘ilgani bois, hozir unisi barokamerada va men judayam xavotirdaman. O‘g‘illarimni Islom va Imron deya nom qo‘ydik!” — deb keyinroq xabar bergandi xonanda.

    Tatyana Zayseva

    Foto: Instagram / @sharq_tatyana

    Foto: Instagram / @sharq_tatyana

    “Via Sharq” guruhi a’zosi Tatyana Zayseva 35 yoshida kenja o‘g‘li Matinni dunyoga keltirgan. Hozirda uning Alixon, Maryam va Matin ismli farzandlari bor.

    Jamila G‘ofurova

    Aktrisa Jamila G‘ofurova ikki qiz farzandidan so‘ng 36 yoshida o‘g‘il farzandli bo‘lgan. U o‘g‘liga Muhammadmustafo deb ism qo‘ygan.

    Foto: Jamila G‘ofurovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Jamila G‘ofurovaning shaxsiy arxividan

    — O‘g‘illi bo‘lganimni ovoza qilmaganman. Chunki u paytlar karantin vaqtiga to‘g‘ri kelgan. Tug‘uruqxonadan ham oddiygina libos va maxsus pardoz-andozsiz chiqishimizga to‘g‘ri kelgan. Marosimlarni ham oila davrasida, kamtarona qilib o‘tkazishga qaror qildik. Shu bois bu xabarni e’lon qilishga ham zarurat tug‘ilmadi”, — deydi aktrisa.

    Lola

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    Foto: Instagram / @lolaofficial_

    Turmush o‘rtog‘i va uch farzandi bilan Moskva shahrida yashayotgan xonanda Lola esa kenja qizi Aishani 35 yoshida dunyoga keltirgan.

              Mavzuga doir:

    • Britni Spirs, Mariya Sharapova va 35 yoshdan keyin ona bo‘lishga qaror qilgan boshqa mashhur ayollar (foto)
    • Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan Gollivud yulduzlari
    • Onalik baxtini his qilish uchun turli qiyinchiliklardan o‘tgan mashhur ayollar (foto)

    12.05.2022, 17:12   Izoh (0)   76753
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ekrandan hayotga ko‘chgan muhabbat: Suratga olish maydonchasida baxtini topgan turk kinosi yulduzlari (foto)

    12.05.2022, 14:46

    43 yoshli Zolushka, Elzadek kiyingan haqiqiy malika: ertak qahramoni kabi kiyinib, hammaning e’tiborini tortgan mashhurlar (foto)

    11.05.2022, 15:39

    Instagram: Gulchehra Eshonqulovaning AQSHda yashamoqchi bo‘lganlarga maslahatlari, Shahzod Sultonovdan kechirim so‘ragan Feruza Normatova, Bunyodbek Saidovning ona...

    10.05.2022, 22:33

    Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    10.05.2022, 19:54

    Manzura prezident so‘zlaridan ilhomlanib “o‘rangani” hamda hamkasblarining ro‘moliga nisbatan negativ kayfiyati haqida (video)

    10.05.2022, 17:32

    Qudratli Shayx Moza: qanday qilib isyonchining qizi Sharqning “qalblar malikasi” va moda timsoliga aylandi?

    10.05.2022, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.