Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 30,16 so‘mga pastlab, 12 964,43 so‘m bo‘ldi;
- yevro 17,40 so‘mga tushib, 14 744,45 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,60 so‘mga ko‘tarilib, 158,28 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar ketma-ket ikki kun ko‘tarilib 12 994,59 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, mamlakatda valyuta kursi sun’iy ushlab turibdi. Agar kurs erkinlashsa 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini bildirgandi.
2025-yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak? Quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
Izoh (0)