• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “12 yil deganda farzandli bo‘laman”. Onalik baxtini uzoq kutgan o‘zbekistonlik san’atkorlar

    Farzandning dunyoga kelishi quvonchli hodisa. Afsuski, ba’zi oilalar bunday quvonch zavqini tuyushni istamaydi, ayrimlari esa uning kelishini yillab kutishadi. O‘zbek san’atkorlari orasida ham farzandli bo‘lishni uzoq yil kutganlar bisyor.

    Umida Norboyeva

    “Iskanja” va “Dengiz guli” seriallaridagi ishtiroki bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Umida Norboyeva ham 12 yil deganda homilador bo‘ldi. U Instagram sahifasiga video joylab, quvonchli xabarni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

    Foto: Instagram / @umida_norboyeva_official

    Foto: Instagram / @umida_norboyeva_official

    — Kimdir befarzand ekanligimni biladi, kimlardir yo‘q. Ammo men homilador bo‘lishni 12 yil kutdim. “Qachon homilador bo‘lar ekanman? Bu baxt menga nasib etadimi?” deb ko‘p o‘ylardim. Shukrki, 12 yilda bo‘lsa-da, bu baxt nasib etdi, — deydi aktrisa Umida Norboyeva.

    Nargiz Yandasheva

    Xonanda Nargiz Yandasheva ham 12 yil deganda farzandli bo‘lgan. U farzandli bo‘lishdan butkul umidini uzgani va ba’zi hamkasblaridan ranjigan kunlarni quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @nargiz_singer

    Foto: Instagram / @nargiz_singer

    — Ona bo‘lgach, eski xotiralarning barini unutib yubordim. Ammo farzandsizlikdan qiynalayotgan ayollarga umid berish uchun ularni eslab turaman. 12 yil davomida homilador bo‘lishga harakat qilganman. Ko‘rinmagan shifokorim, tabibim qolmagan. Hatto o‘zbek shifokorlariga ishonmay ham qo‘ygandim. Ba’zi hamkasblarimning “Voy, hali ham tug‘madingizmi?”, “Bolangiz yo‘q-ku, bizdan keyin sahnaga chiqsangiz ham bo‘ladi?” kabi gap-so‘zlari yuragimga xanjardek sanchilardi. Turmush o‘rtog‘imga ajrashishni yoki boshqa ayolga uylanishni ham taklif qilganman. Homilador ekanligimni eshitganimda hayotim tubdan o‘zgarib ketdi. Farzand haqiqatan ham oilaga baraka, fayz va mehr olib kirarkan, — deydi xonanda Nargiz.

    Feruza Sobitova

    Kino va teatr aktrisasi Feruza Sobitova 9 yil farzandsizlik azobini boshidan kechirgan. Birinchi turmushidan ajrashishiga ham farzand ko‘rolmagani sabab bo‘lgan.

    Foto: Feruza Sobitovaning shaxsiy arxividan

    Foto: Feruza Sobitovaning shaxsiy arxividan

    — O‘g‘lim Imronni 38 yoshimda dunyoga keltirganman. To‘qqiz yil farzandsizlik azobini chekkanman. “Opa-singillar” serialining tug‘uruqxonada tasvirga olinadigan sahnasida rejissor Zamira Begimqulova “Feruza, bu yer chillaxona, yaxshi niyatlar qilavering. Xudo yetkazadi”, deb ko‘p aytgandi. Qo‘limga chaqaloqlarni olib, menga ham bir kuni o‘z bolamni bag‘rimga bosish nasib etsin, deb niyat qilgandim. Ming bor shukr, Alloh nolalarimni eshitib, 2013-yil o‘g‘il farzand ato etdi. Yashirmayman, birinchi turmushimning buzilishiga qaysidir ma’noda farzand ko‘rmaganim sabab bo‘lgan. Sobiq turmush o‘rtog‘im tadbirkor inson edi. U yaxshi inson bo‘lgani uchun dadam rahmatli u bilan ajrashishimni istamagandi. Ajrashayotgan vaqtimda ham “Iltimos, ajrashma”, degan. Men esa “Yo‘q, dada, men yashay olmayman, turmush qurishimni istadingiz, mana turmush qurdim, u inson meni xohlamayotgan bo‘lsa, qanday qilib yashayman, o‘zimni past pog‘onada his qilishni istamayman”, deganman. Shukrki, yana oila qurdim va o‘g‘lim Imronbek dunyoga keldi, — deydi aktrisa Feruza Sobitova.

    Nargiza Ro‘ziboyeva

    “Opa-singillar” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Nargiza Ro‘ziboyeva bir muddat farzandsizlik azobini tortgan.

    Foto: Nargiza Ro‘ziboyevaning shaxsiy arxividan.

    Foto: Nargiza Ro‘ziboyevaning shaxsiy arxividan.

    — O‘g‘lim Yasinbekni to‘rt yil kutganmiz. Albatta, bu jarayonda odamlarning gap-so‘zlariga chidash juda qiyin. “Qachon yangilik bo‘ladi?” degan gapni to‘g‘ri ma’noda aytishsa ham, odamga yomon ta’sir qiladi. Bu jarayonni boshidan o‘tkazayotgan ayollarga bu haqida kamroq o‘ylashni va ko‘proq chalg‘ishga harakat qilishlarini maslahat beraman. Chunki muammoni odamning o‘zi kattalashtiradi, ruhiy siqilish farzandli bo‘lishga foyda bermaydi. Ishlash kerak yoki uyda o‘tirib bo‘lsa-da, yangi hunarlarni o‘rganish kerak. Tushkunlikka tushishingizga sababchi bo‘ladigan insonlardan esa uzoqroq yurish kerak, — deydi Nargiza Ro‘ziboyeva.

    Bahora Arslonova

    Ayni kunlarda aktrisa Bahora Arslonova ikki farzandini parvarishlash bilan band. Ammo u ham bir muddat homilador bo‘lolmagani uchun ruhiy tushkunlikka tushib qolgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    Foto: Instagram / @bahora_arslonova

    — To‘yimdan keyin ikki yil homilador bo‘lolmaganman. To‘g‘ri, bu juda qisqa muddat. Ammo o‘zbekchilikda bilasiz, darrov vahima qilishadi. Turmush o‘rtog‘im tushkunlikka tushib qolsam koyib berardi. “Allohga ham xush kelmaydi, 10 yildan buyon farzandli bo‘lishni kutayotganlar bor”, derdi. Homilador bo‘lganimni bilganimda juda quvonganman. Keyin qizim yoshiga to‘lmay, o‘g‘illi bo‘lishim ham ma’lum bo‘ldi. Aytmoqchimanki, sabr qilgan insonga, albatta, yaratgan egam tuhfa hadya etadi. Faqatgina biroz sinovlarga chidash kerak, xolos, — deydi aktrisa Bahora Arslonova.

    Mavzuga doir:

    • 35 yoshdan keyin onalik baxtiga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar (video)
    • Britni Spirs, Mariya Sharapova va 35 yoshdan keyin ona bo‘lishga qaror qilgan boshqa mashhur ayollar (foto)
    • Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan Gollivud yulduzlari
    • Onalik baxtini his qilish uchun turli qiyinchiliklardan o‘tgan mashhur ayollar (foto)

    10.11.2022, 19:10   Izoh (0)   38996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sevgi iztirobi”, “Muhtasham yuz yil” va turk aktyorlarini butun dunyoga mashhur qilgan boshqa seriallar

    10.11.2022, 15:54

    “O‘zavtomotors sizni minib yuribdi”. Davron Kabulovning haydovchilarga murojaati, Avaz Oxun Eyfelni “yutdi”. Instagram yangiliklari

    09.11.2022, 22:22

    Maryam Uzerli, Fahriye Evjen va boshqa turk aktrisalari qanday uylarda yashaydi? (foto)

    09.11.2022, 19:31

    “To‘rtinchimiz ham qiz bo‘lishiga umid qilaman”. Gollivud aktyori Rayan Reynolds tug‘ilajak farzandi haqida gapirdi

    09.11.2022, 17:16

    Jeki Chan: 56 yillik mehnat, 200 dan ortiq filmlarda bosh qahramon va orzuga erishish yo‘lidagi mashaqqatlar

    09.11.2022, 15:55

    Karina Kapur — mashhur kinochilar sulolasining haqiqiy yulduzi. Uning muvaffaqiyatga erishishiga kim sababchi bo‘lgan?

    09.11.2022, 13:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.