• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bugun bizda xorijiy medialarga ehtiyoj yo‘q, O‘zbekistondagi medialar juda rivojlangan” – Sherzodxon Qudratxo‘ja

    Avvalroq amerikalik milliarder Ilon Mask “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi”ni yopishga chaqirgan edi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ushbu holat bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Sherzodxon Qudratxo‘ja boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini, chunki bunday tajribalar qanchalik yomonligini bilishini taʼkidladi. 

    “Lekin bu bo‘yicha o‘z shaxsiy fikrim bor. Amerika prezidenti Donald Trampning hokimiyatga kelishi bir necha keskin bayonot bilan bog‘liq bo‘ldi. Xususan, USAID tashkilotining qilayotgan xarajatlaridan norozi bo‘ldi. Tramp o‘ziga taniqli tadbirkor Ilon Maskni yangi boshqarma ochib, Iqtisodiy samaradorlik boshqarma boshlig‘i qilib olib keldi. Milliarderlar pulning hisobini biladi. Janob Tramp ham, janob Mask ham juda badavlat insonlar. Va ular Amerika soliq to‘lovchilarining pulini tejash birinchi vazifa dedi. 

    Va yana bir bayonotni aytmoqchiman. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham aytdilarki, bugungi kunda "Amerika ovozi" yoki "Ozodlik" kerakmas. Chunki bugun internet bor. Ilgari ular paydo bo‘lganida internet bo‘lmagan. Bugungi kunda dunyoda boshqacha tartib bo‘lganini alohida aytmoqchiman”, deydi Qudratxo‘ja. 

    Uning so‘zlariga ko‘ra, 1942-yilda “Amerika ovozi”, 1950-yilda esa “Ozodlik” radiosi tashkil qilingan. 

    “1942-yilda irqchilikka qarshi kurash ramzi sifatida qilingan bo‘lsa, 1950-yilda dunyo ikki qutbga bo‘lingan. SSSR parchalangach, bu qutblar o‘zgardi. Bugungi kunda baʼzi OAVni, Qirg‘iziston prezidenti eʼtirof etganidek, boshqa davlatlarga taʼsir qilishi, boshqa davlatlarga nisbatan propaganda qilishi, chunki bu ikki radio o‘z vaqtida propaganda qilish uchun ochilgan. Bugungi kunda propagandaga o‘rin yo‘q. Men o‘ylaymanki, bu juda to‘g‘ri fikr.

    Chunki bugungi o‘zgargan zamonda, biz bilishimiz kerakki, 1991-yildan keyin dunyodagi qutblashuv o‘zgardi. Dunyodagi kuchlarning taqsimoti ham o‘zgardi. Bugun biz yangi reallikda yashayapmiz. Bugun bo‘layotgan tahdidlar undanam xavfli. Shuning uchun USAID‘ga o‘xshagan tashkilotlar faoliyatida shaffoflik, soflik va halollik juda to‘g‘ri mezon bo‘ladi”, deydi O‘zJOKU rektori. 

    Qudratxo‘ja o‘z so‘zida ular O‘zbekistonga, mintaqadagi boshqa davlatlarga pul ajratganini aytdi. 

    Ko‘plarining hisoboti bor, lekin baʼzi sohalarga berilganlarning hisoboti, shaffofligi yo‘q. Men O‘zJOKU rektoriman. 6 yildan beri taklif beramizki, bizga grant beringlar jurnalistlar uchun, malaka oshiraylik, deb. Ko‘p elchilar bilan uchrashdim. Milliy media assotsiatsiyasi uchun so‘raymiz, turli treninglar uchun. Kun tartibida muhim, geosiyosiy masalalar bo‘ladi, jurnalistlarning malakasini oshirish masalasida, bizning birlashmada mingdan ziyod aʼzolar bor. Yoki universitetimizda 5 ming talaba o‘qiydi. Shuncha so‘radik, lekin bir marta ham ijobiy javob bo‘lmagan.

    Lekin biz bilamizki, boshqa jurnalistlarga, blogerlarga, ijtimoiy faollarga pul beriladi. Shu savol tug‘iladiki, ular uchun bu pullar nimaga beriladi, boshqa davlat tomonidan. Nima uchun ularning hisoboti ochilmaydi. 

    O‘zbekistonning o‘zi oxirgi 7 yilda haqiqatan ochiq, demokratik jamiyat qurish yo‘lida. “Xalqaro press-klub” dastlabki faoliyatini muzyorar sifatida tanqidiy dasturlar tayyorlash, juda ko‘p tanqidiy chiqishlar bilan boshlagan. Bugungi kunda O‘zbekistonning ichida juda ko‘p medialar bor, juda ko‘p jurnalistlar va juda ko‘p OAV bor. Ularning faoliyati “Ozodlik” yoki boshqadan kam emas. 

    Men nimaga Amerika prezidenti aytgan gapga qarshi borishim kerak? Men o‘ylayman, bu sog‘lom fikr. Nimaga Ilon Maskning fikri yoqmasligi kerak? Yoqadi. Men o‘ylaymanki, anchadan beri aytolmay yurgan gaplarni ular aytdi. Bu haqiqatni ularning nuqtayi nazaridan qabul qilyapmiz.

    Men o‘zim “Ozodlik”ka bergan intervyularimda sezamanki, nimagadir ular va baʼzi OAVlar O‘zbekiston yoki boshqa davlatlar ichida faqat negativ, faqat bir yoqlama tanqid, faqat qanaqadir provokatsiya maqsadlarini ko‘zlashadi. Nimagadir qaysidir qatlamga yoqish uchunmi yoki odamlarni ichida nizo keltirib chiqarish uchunmi, odamlarning ichida norozilik kayfiyatini keltirib chiqarish uchunmi, sizga beradigan savollarda doim negativ javoblarni ko‘tarishadi.

    Endi buni jurnalistikaning professori, olimi sifatida ancha tushunaman. Chunki bekorga men buni propaganda demadim, bu OAV emas. Bir paytlar bu kerak bo‘lgandir. Lekin bugun SSSR quladi, SSSR yo‘q. Bugun biz boshqa hududda yashayapmiz, deydi Sherzodxon Qudratxo‘ja. 

    O‘zJOKU rektori bugun O‘zbekistonda xorijiy medialarga ehtiyoj yo‘qligi, mamlakatdagi medialar juda rivojlanganini taʼkidladi. 

    Men juda xohlardimki, USAID yoki boshqa shunaqa tashkilotlarni bizga ajratadigan grantlari bo‘lsa, marhamat, biz ishlashga tayyormiz. Biz hatto qilgan hisobotlar shaffofligini ham beramiz. Lekin baʼzi narsalar, xususan, LGBT g‘oyalari, o‘ta so‘l yoki provakatsion xarakterga ega bo‘lgan narsalarni berish, boshqa davlatlarning demokratiya parametrlaridan kelib chiqib bu yerga singdirish harakatlari bu mustaqil davlatlarning ichki ishiga aralashuv. Bu mutlaqo noto‘g‘ri", deya qo‘shimcha qilgan u.

    Sadir Japarov munosabati

    Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham bu borada munosabat bildirgan edi.

    Qirg‘iziston rahbari AQSH prezidenti Donald Tramp USAID faoliyatini uch oyga to‘xtatganini, hozir esa Mask va boshqa amerikalik siyosatchilar “Ozodlik radiosi”ni yopishni talab qilayotganini tasodif deb hisoblamoqda.

    Donald Tramp va Ilon Mask mening tashabbuslarimga muhtoj emas. Ikkalasi ham milliarder. Ular pul osmondan tushmasligini juda yaxshi biladi. Ular amerikaliklarning pullarini behuda sarflashni to‘xtatmoqchi va mutlaqo to‘g‘ri qilishadi. Hozir XXI asr. Har qanday ma’lumot besh daqiqada butun dunyoga tarqaladi. 20-30 yil oldin “Ozodlik”ni hamma kutgan, eshitgan, ishongan. Chunki u paytda internet yo‘q edi, smartfonlar yo‘q edi. Hozir odamlar “Ozodlik” yangiliklariga muhtoj emas. Hamma ma’lumotni internet orqali oladi, dedi Japarov.

    Tramp va Maskning moliyalashtirishni to‘xtatish qarori

    Milliarder Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari hisoblanadi. Ushbu tuzilma ortiqcha me’yoriy hujjatlarni yo‘q qilish, amaldorlar va xarajatlarni qisqartirishga e’tibor qaratadi. Shundan kelib chiqib, milliarder “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi” soliqchilar pulini sarf qilayotganini aytgan. 

    “Ha, ularni yoping. Yevropa endi ozod (bo‘g‘uvchi byurokratiyani hisobga olmaganda). Ularni endi hech kim tinglayotgani yo‘q. Bu shunchaki o‘zi bilan gaplashayotgan aqldan ozgan radikal so‘lchilar bo‘lib, ular amerikaliklarning soliqlaridan yiliga 1 milliard dollarni sarf qilmoqda”, deb yozgan milliarder X sahifasida.

    U avvalroq AQSH hukumati Politico, The New York Times (NYT) gazetalari va Associated Press (AP) agentliklarini moliyalashtirishni to‘xtatishini aytgandi. Bunga AP Davlat departamentidan 620 ming dollar, NYT Sog‘liqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlardan “o‘nlab million dollar” olgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

    “Politico gazetasi demokratlar haqidagi ijobiy maqolalari uchun USAIDdan 8 million dollar olgan, degan AQSH prezidenti.

    Oq uy moliyalashtirish USAID orqali amalga oshirilganini ma’lum qilgan. Politico bunga javoban “hech qachon davlat dasturlari yoki subsidiyalarining benefitsiari bo‘lmaganini” ta’kidlagan. Trampning qo‘shimcha qilishicha, “bu tarixdagi eng katta janjal bo‘lishi mumkin” va demokratlar “bundan qochib qutula olmaydi”.

    13 fevral, 23:26   Izoh (0)   5016
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ilon Mask#Sherzodxon Qudratxo'ja#Ozodlik#Amerika Ovozi#USAID#Tramp

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Trampning inauguratsiya ziyofatida qanday taomlar tortiladi? 

    20 yanvar, 21:55

    Bekhem, Beyonse, Kardashyan va boshqa yulduzlarning eng zo‘r avtomobillari (foto)

    21 yanvar, 15:44

    Ilon Maskning natsistlarga xos ishorasi muhokamalarga sabab bo‘ldi (video) 

    21 yanvar, 16:18

    Prezidentlikning ilk kunidayoq Trampga qarshi ikkita sud da’vosi kiritildi 

    21 yanvar, 23:00

    Donald Tramp o‘zining kumiri sifatida tilga olayotgan Uilyam MakKinlini aslida kim bo‘lgan?

    30 yanvar, 18:35

    AQSH razvedkasi 8 oylik maosh bilan xodimlarga bo‘shashni taklif qildi — WSJ 

    5 fevral, 15:10

    WP: Maskning xodimlari maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo‘ldi  

    6 fevral, 22:57

    Ilon Mask “Ozodlik radiosi” va “Amerika ovozi”ni yopishga chaqirdi 

    10 fevral, 09:10

    Tramp Maskka Pentagon xarajatlarini auditdan o‘tkazishni topshirdi 

    10 fevral, 21:37

    “Hozir odamlar ‘Ozodlik’ yangiliklariga muhtoj emas” — Sadir Japarov

    11 fevral, 09:27

    Tramp saylovoldi va’dalarini bajarmoqda, ammo bu qonun ustuvorligiga tahdid solmoqda

    12 fevral, 22:46

    Ilon Mask ish ko‘pligidan Oq uyda tunab qolmoqda — OAV

    13 fevral, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    Dunyo | 5 iyul, 15:22

    Ukraina va Rossiya o‘rtasida harbiy asirlar almashinuvi o‘tkazildi

    Dunyo | 5 iyul, 14:47

    Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 13:55

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.