• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Qahvaxonada ishlagan, modellik qilgan, uylanganini yashirgan: “Kalmar o‘yini” yulduzi Li Jon Je haqida nimalar ma’lum?

    “Kalmar o‘yini” dramasi tufayli olamshumul mashhurlikka erishgan 53 yoshli aktyor Li Jon Je yildan yilga tanilib bormoqda. Yulduzning ijodiy yo‘li va shaxsiy hayoti haqida batafsil ma’lumot beramiz.

    • Faoliyati: aktyor, kino, model
    • Tug‘ilgan sanasi: 1972-yil 15-dekabr
    • Tug‘ilgan joyi: Seul, Janubiy Koreya
    • Yoshi: 53
    • Bo‘yi: 180
    • Oilaviy holati: uylangan

    Janubiy koreyalik aktyor Li Jon Je ajoyib karyerasi tufayli podiumlar va kino yulduziga aylandi. Aktyor 50 yoshga to‘lishidan biroz oldin “Kalmar o‘yini” serialida bosh rolni o‘ynab, butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Hozirda uning filmografiyasidagi har bir yangi loyiha katta qiziqish uyg‘otmoqda.

    Bolalik va o‘smirlik davri

    Jon Je yoshligida qahvaxonada ishlagan. Bir kuni u yerga mashhur dizayner tashrif buyurib, yigitdagi xarizmani payqaydi va birga ishlashni taklif etadi. Shu tasodifiy uchrashuvdan so‘ng Li bir necha yil davomida podiumlarga chiqib, model sifatida suratga tushadi.

    Jon Je Janubiy Koreyada unga shuhrat keltirgan shokolad reklamasida suratga tushdi. Shundan so‘ng yigitni film suratga olish maydonchalariga ham taklif qila boshlashadi, biroq birinchi loyihadan keyin Li bu kasbga hali tayyor emasligini tushunadi. Aktyorlik sirlarini chuqur o‘rganish uchun Tonguk universitetining teatr san’ati fakultetiga o‘qishga kiradi. U bo‘sh vaqtlarida aktyorlik mahorati bo‘yicha mashg‘ulotlarga qatnardi.

    Filmlardagi ishtiroki

    Jon Je 1993-yilda “Dinozavrlar o‘qituvchisi” dramasida rol o‘ynab, kino ekranlarida ilk bor ko‘rinish beradi. Shundan so‘ng yosh aktyor to‘liq metrajli film va seriallarda bosh rollarga taklif etila boshlaydi. Lining birinchi katta ishi “Yigitcha” nomli jinoiy drama bo‘ladi. Bu roli uchun seullik aktyor eng yaxshi yangi yulduz sifatida Janubiy Koreyaning nufuzli “Moviy ajdaho” va “Katta qo‘ng‘iroq” mukofotlariga sazovor bo‘ladi. “Tuyg‘u” dramasida suratga tushgandan so‘ng esa Li haqiqiy mashhurlikka erishadi.

    Jon Jening kasbiy faoliyatidagi keyingi katta muvaffaqiyatga 1998-yilda “Kunchiqar shahar” dramasi ekranlarga chiqqandan keyin erishadi. Bu roli uchun aktyor navbatdagi “Moviy ajdaho” va Koreya kinotanqidchilar uyushmasi mukofotini qo‘lga kiritadi.

    Ikki yil o‘tgach, Li “Dengiz bo‘yidagi uy” melodramasida bosh rolni ijro etadi. Keyinchalik Warner Bros kompaniyasi bu asarni qayta suratga olish huquqini sotib oladi. 2006-yilda “Ko‘l bo‘yidagi uy” nomi bilan qayta ishlangan film chiqadi. Unda Jon Je ijro etgan qahramonni Kianu Rivz o‘ynaydi.

    2010-yilda aktyor Kann kinofestivali va Torontodagi Xalqaro kinofestivalda namoyish etilgan “Xizmatkor” trillerida bosh rolni o‘ynaydi va bir nechta Janubiy Koreya va Osiyo mukofotlariga nomzod bo‘ladi.

    Shundan so‘ng aktyorning karyerasi asta-sekin tiklana boshlaydi. Shunday qilib, 2012-yilda Li “O‘g‘rilar” komediyasida ham ishtirok etadi, bu keyinchalik Koreya kinosi tarixidagi oltinchi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylanadi. Bir yil o‘tgach, Jon Je “Moviy ajdar” mukofoti va “Baeksang” san’at mukofotiga ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor sifatida sazovor bo‘lgan “O‘quvchi yuz” filmi chiqadi.

    2022-yilda Li rejissyor sifatida debyut qiladi. Voqealar 80-yillarda sodir bo‘ladigan “Ov” filmini yaratish uchun aktyorga 4 yil kerak bo‘ldi. 

    “Kalmar o‘yini”

    2021-yil sentyabrda Netflix platformasida premyerasi bo‘lgan 9-qismli “Kalmar o‘yini” dramasi Liga olamshumul mashhurlik olib keldi. Jon Je trillerda qarzlarini to‘lash uchun pulga muhtoj bo‘lgan Song Ki Xun ismli qimorbozni o‘ynagan. Mazkur serial 90 mamlakatda, shu jumladan, AQSH va Buyuk Britaniyada tomoshabinlar reytingida eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi.

    2022-yil kuzida Jon Je “Kalmar o‘yini” dramatik serialidagi eng yaxshi erkak roli uchun “Emmi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu nominatsiyadagi haykal uchun u bilan birga Jeyson Beytman, Jeremi Strong va Adam Skott kurash olib borishdi.

    Loyihaning omad keltirgan 1-mavsumi ijodkorlarni davomini chiqarishga ilhomlantirdi. Suratga olish ishlari 2023-yilning yozida Janubiy Koreyada boshlangan va deyarli bir yil davom etgan. 

    Biznes va reklama

    Aktyorlik faoliyatidan tashqari, Jon Je biznes bilan shug‘ullanadi — aktyor erkaklar kiyimlari va ichki kiyim do‘konlari ochgan. Li, shuningdek, prodyuserlik kompaniyasi va ko‘ngilochar leybl egasi. Aktyor ona shahrida 2000-yilda bosh rolni ijro etgan film sharafiga “Il Mare” deb nomlangan italyan restoranlari tarmog‘iga asos solgan.

    2023-yilning yozida Jon Jening Italiyaning Gucci modalar uyi bilan hamkorligi ma’lum bo‘ldi. Tarmoqda The Savoy mehmonxonasi fonida suratga olingan Gucci Valigeria reklama kampaniyasidan suratlar paydo bo‘ldi.

    Li Jon Jening shaxsiy hayoti

    Hatto mashhur bo‘lsa-da, qaddi-qomati kelishgan aktyor uzoq yillar bo‘ydoq bo‘lgan. 2000-yillarning boshlarida Jon Je aktrisa Kim Min Xi bilan uchrashadi, ammo ular 3 yillik munosabatlardan keyin ajralishgan.

    Ajralishdan so‘ng, aktyor Janubiy Koreyaning neft va gaz qazib chiqarish, avtoehtiyot qismlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish konglomerati prezidentining to‘ng‘ich qizi Im Se Ryon bilan uchrashayotgani va unga uylanmoqchi ekani haqida mish-mishlar tarqaladi. Biroq ular bu ma’lumotni rad etib, ish bo‘yicha sherik ekanliklarini ta’kidladi.

    2020-yil boshida esa Li allaqachon uylangani va ota bo‘lganini ma’lum qilib, muxlislarini hayratda qoldiradi. Fan klubida aktyor 2009-yilda uylangani va bir yildan so‘ng qizli bo‘lganini yozgan. Yana 3 yil o‘tgach, xotini o‘g‘il farzandini dunyoga keltirgan.

    Jon Je ushbu faktlarni uzoq yillar davomida yashirgani uchun muxlislaridan uzr so‘rab, nima uchun bunday qilganini tushuntiradi — u yaqinlarini omma diqqat markazida bo‘lishini xohlamagan. Aktyorning aytishicha, uning oilasi xorijda yashaydi.

    Hozir Lining karyerasi eng yuqori cho‘qqida. Uni nafaqat Janubiy Koreya, balki xalqaro loyihalarga ham taklif qilishadi. Aktyor ishtirokidagi “Yulduzlar jangi” olamiga asoslangan “Akolit” ilmiy-fantastik miniseriali 2024-yilning asosiy premyerasi bo‘ldi. Serialda Jon Je Solo rolini ijro etgan, uning hamkasblari esa Amanda Stenberg, Dafni Kin va Charli Barnett bo‘lgan.

    Aktyor ijro etgan Son Ki Xun 2024-yil dekabr oyida strimingga chiqqan “Kalmar o‘yini”ning 2-mavsumida ham ishtirok etadi. Shubhasiz, mashhur serialning davomi tomoshabinlarga qahramonning shaxsiy hayotidan qiziqarli faktlarni taqdim etadi.

    Aktyor haqida qiziqarli faktlar

    • 90-yillar oxirida Li mast holda rulga o‘tirib, avtohalokatga uchraydi.
    • “Kalmar o‘yini”ning finalida qahramon Jon Jening sochlari qizil. Buning uchun aktyor parik kiyib yurgan.
    • Li xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi, jumladan, tabiiy ofatlarda yordam berish assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qiladi, qiyin vaziyatlarda vatandoshlarga yordam beradi.
    15 yanvar, 17:55   Izoh (0)   12230
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#“Kalmar o‘yini”
    Hilola G‘iyosova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yaxshi kunlar hali oldinda: hayot naqadar go‘zalligiga ishonch baxsh etuvchi koreys seriallari (treyler) 

    30.05.2024, 13:50

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    Bir o‘tirishda tomosha qilasiz: birinchi daqiqalardanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys seriallari

    20.06.2024, 14:29

    Dramalar davrini boshlab bergan eng yaxshi koreys seriallari 

    10.08.2024, 10:50

    Faqat “Kalmar o‘yini emas”: qiziqarli syujetga boy eng yaxshi koreys seriallari

    23.08.2024, 13:13

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Romantika mavsumi: fantastika janridagi eng yaxshi koreys seriallari

    24.09.2024, 16:03

    Film so‘ngigacha kiprik qoqmay tomosha qilinadigan koreys seriallari (treyler) 

    15.10.2024, 19:10

    Ancha vaqt ta’siridan chiqib keta olmaysiz: Eng qo‘rqinchli koreys seriallari

    22.10.2024, 17:05

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32

    Ukraina armiyasiga 23 ming zirhli transport vositasi kerak — OAV

    Dunyo | 26 iyul, 22:13

    Gaz va elektr tokini behuda sarflaganlar javobgarlikka tortiladi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:07

    Mahkumni ozodlikka chiqarib berish uchun 30 ming dollar talab qilgan advokat qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.