• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    Yaxshi kunlar hali oldinda: hayot naqadar go‘zalligiga ishonch baxsh etuvchi koreys seriallari (treyler)

    Koreya seriallari butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning mehrini qozondi. Agar siz hali dramalarni tomosha qilmagan bo‘lsangiz, endi ular bilan tanishish vaqti keldi! Siz uchun hayotimiz aslida naqadar go‘zal ekanini yodga soluvchi ezgulik va pozitivga to‘la yorqin koreys dramalarini to‘pladik.

    “Yarqiragan tarvuz” (2023)

    Maktabdagi yuqori sinf o‘quvchisi Ingyo‘l eshitish qobiliyati zaif insonlar oilasida tug‘ilib o‘sdi. U ota-onasi va akasi bilan imo-ishoralar tilida so‘zlashadi. Bolaligidan Ingyo‘l oila a’zolariga hamma narsada, jumladan, odamlar bilan muloqotda yordam beradigan itoatkor, namunali o‘g‘il bo‘lishga odatlangan. Biroq Ingyo‘l juda yaxshi eshitish qobiliyatiga ega — u hatto qor parchalarining yerga tushishini ham sezadi. Shu tufayli musiqada ham iste’dodli. Ingyo‘l gitara chalishni yaxshi ko‘radi, lekin o‘zining sevimli mashg‘uloti haqida oilasiga aytmaydi va tunda yashirincha qahvaxonalarda chiqish qiladi. Bir kuni otasi bundan xabar topadi va uyda janjal ko‘tariladi. Ingyo‘l kechasi shahar bo‘ylab aylanib yurganda g‘ayrioddiy musiqa do‘koniga ko‘zi tushadi. Ushbu do‘kon uni 1995-yilga olib boradi. O‘tmishda Ingyo‘l otasi bilan uchrashadi va yoshlikda otasi yaxshi eshitgan, gapirgan va hatto musiqiy guruh a’zosi bo‘lganini bilib qoladi.

    “Samdalliga xush kelibsiz” (2023)

    Voqealar Chejudo orolida bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramonlar Samdal va Yonpil bolalikdan do‘st tutingan. Yonpil har doim o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanini yaxshi ko‘rgan bo‘lsa, Samdal ulg‘ayishi bilan Seulga ko‘chib o‘tishni orzu qilardi va u maqsadiga yetdi ham. Samdal va uning opa-singillari poytaxtga ko‘chib ketadi. Ular hatto ismlarini o‘zgartirib, moda sohasida karyera quradi. Yongpil esa o‘z ishiga sodiq meteorologga aylandi. Kunlarning birida Samdalning qaylig‘i unga qo‘l ostidagi xodimi bilan xiyonat qilganini bilib qoldi. Buning ustiga o‘sha ayol Samdalning karyerasi va obro‘yiga putur yetkazishga urinadi. Janjaldan so‘ng Samdal vataniga qaytishga va Chejudoda o‘zining bolalikdagi do‘sti bilan uchrashishga qaror qildi.

    “Kayfiyatni ko‘taring” (2022)

    Do Xei poytaxtdagi nufuzli universitet talabasi. U o‘ta nochor oilada voyaga yetdi. Shuning uchun u onasi va ukasini ta’minlaydi, barcha moliyaviy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Pul topish tashvishi unga o‘qish yoki shaxsiy orzularini ro‘yobga chiqarishdan ham muhimroq edi. Xeini qo‘llab-quvvatlovchilar raqs guruhiga taklif qilishganda avvaliga buni rad etadi, chunki u qimmatli vaqtini behuda sarflashni istamaydi. Ammo keyinroq u raqs guruhi rahbari Chonga yordam berishga qaror qiladi va cherliderlar to‘garagiga qatnay boshlaydi.

    “Olisdagi yashil bahor” (2021)

    Ye Jun ismli birinchi kurs talabasi universitetdagi eng mashhur va kelishgan yigit. Uning did bilan kiyinishi, chiroyli tabassumi va ajoyib xarakteri atrofidagilarni doim o‘ziga jalb qilib kelgan. Ye Jun boshqalar bilan osongina til topishsa-da, chin do‘stlari yo‘q. Badavlat oiladan bo‘lgan va doimo kulib turadigan yigitning qalbida esa aslida doimo o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga majbur bo‘lgan juda zaif bola yashiringan.

    “Hech narsa qilishni istamayman” (2022)

    Yorim ismli qizning butun umri yugurish marafoniga o‘xshaydi: avval universitetga kirish uchun maktabni a’lo baholarga tugatish kerak edi. Keyin esa qizil diplom olish uchun tirishqoq talaba bo‘lish. Endilikda u g‘ildirak ichida yugurib ketayotgan sichqondek ishga shoshadi. Buning ustiga u yolg‘iz, do‘stlari ham yo‘q. Qaylig‘i qizni yaqinda tashlab ketdi. Yorimning yagona do‘sti uning onasi edi. Ammo u ham baxtsiz hodisadan vafot etdi. Shundan so‘ng Yorim hayoti qanchalik ma’nosiz ekanligini tushunib yetadi, ishi va boshqa barcha narsadan voz kechib, qishloqda yashashga qaror qiladi.

    “Shifokor inqirozga yuz tutdi” (2024)

    Chonu va Hanil bir sinfda o‘qigan va hozirda ular shifokor bo‘lib ishlaydi. Chonu ko‘plab muvaffaqiyatli operatsiyalarni bajargan va mashhur plastik jarroh. Hanil esa professor bo‘lishni orzu qiladigan anesteziolog. Ammo ikkisining hayoti birdan o‘zgarib ketdi: Chonuning bemori operatsiya vaqtida to‘satdan vafot etadi va uning karyerasi bir kunda tanazzulga uchraydi. Hanil esa ishda adolatsizlikka duch keladi. Omadsiz kunlarni boshidan kechirayotgan bu ikki shifokor taqdir taqozosi bilan uchrashib qoladi va maktab yillarida raqib bo‘lgan sinfdoshlar endilikda bir-biriga yordam berishga qaror qiladi.

    30.05.2024, 13:50   Izoh (0)   16145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qayta ko‘rish kerak: Kutilmagan yakun bilan tugaydigan eng yaxshi psixologik dramalar

    24.02.2024, 18:46

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi Janubiy Koreya tarixiy seriallari 

    26.04.2024, 18:20

    Netflix’ning muvaffaqiyatli loyihalaridan biri — “Kalmar o‘yini” serialining sahna orti jarayonlari aks etgan qiziqarli suratlar

    08.05.2024, 15:50

    Melanxoliklar uchun kinotavsiya: his-tuyg‘ularga to‘lib-toshgan koreys doramalari

    28.05.2024, 14:45

    Nafaqat Gollivudni, balki dunyoni ham zabt etgan 7 nafar osiyolik aktrisa (foto)

    28.05.2024, 12:48

    Oshpaz, hamshira, kulol: Gollivud yulduzlarining shou-biznesdan uzoq sohalarni tanlagan farzandlari (foto)

    30.05.2024, 12:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Maosh ming yevrogacha: o‘zbekistonlik ayollar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:45

    Toshkent viloyatida 7 yoshli bola onasi va o‘gay otasi tomonidan kaltaklandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 12:22

    Andijonda xotinini ko‘chada o‘ldirib, qochib ketgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 11:30

    Zelenskiy Tramp Ukrainaga havo hujumidan mudofaa masalasida yordam bermoqchi ekanligini aytdi

    Dunyo | 5 iyul, 10:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Al-Hilol”ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

    Sport | 5 iyul, 10:12

    Moskva viloyatidagi Ozarbayjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

    Dunyo | 5 iyul, 09:52

    Samarqandga uzatilgan andijonlik qiz kelinlik xonadonidan o‘lik holda olib kelindi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.