• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Xorvatiyaning “sigir sog‘a oladigan diplomati”. Hashamatdan voz kechib, milliy qahramonga aylangan sobiq prezident — Kolinda Grabar-Kitarovich haqida

    Kolinda Grabar-Kitarovich dunyodagi eng mashhur ayol bo‘lishi bilan birga, eng oddiy rahbarlardan biri hamdir. U Xorvatiya prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol va mamlakat tarixidagi eng yosh hukumat vakiliga aylandi. Uning ba’zi tarafdorlari Kolindaning quvnoq fe’l-atvori va ochiqko‘ngilliligiga qoyil qolishadi, boshqalari esa uni qalblar malikasi va siyosatdagi eng jozibali ayol deb ataydi. Ular bir narsaga aniq tan berishadi — bu ayol o‘zining soddaligi va kamtarligi bilan ajralib turadi. Kolinda o‘ziga har qanday hashamatni ravo ko‘rishi mumkin, lekin u buning o‘rniga ekonom-klassda uchishni afzal ko‘radi, futbol o‘yinlarini VIP lojadan tomosha qilishni rad etadi, jamoat transportida sayr qiladi va oziq-ovqat mahsulotlarini shaxsan o‘zi xarid qiladi.

    Kolinda Grabar-Kitarovich va Yakov Kitarovich
    Foto: Kamil Zihnioglu / AP Photo

    “Men sizlarning biringizman”

    Kolinda Grabar-Kitarovich 2015-yilgi saylov kampaniyasi paytida vatanparvarlik, oilaviy va nasroniy qadriyatlar haqida gapirganda, Xorvatiya liberal OAVlari u haqda “Katta gavdali ahmoq mallasoch” deb yozgan edi. Bir muncha vaqt o‘tgach, ikkinchi turda 50,42 foiz ovoz olib, prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi. O‘sha paytda yangi prezident — Kolinda Grabar-Kitarovich 46 yoshda edi.

    Avvaliga ko‘pchilik ayolga davlat rahbari sifatida noto‘g‘ri fikr bilan qaragan. Biroq u tezda xorvatlar qalbini zabt etdi: “Men sizlarning biringizman, sizlarning ovozingiz bo‘laman”, deya ta’kidlagandi o‘shanda Kolinda. Va u o‘z va’dasini bajara oldi.

    Shundan so‘ng mamlakat aholisi jigarrang ko‘zli va chiroyli tabassumli bu mallasoch ayol chinakam xalq prezidentiga aylanganiga ishonch hosil qildi: unda yopiqlik va sovuqlik yo‘q edi. Ba’zilar hatto uning kayfiyati doimo a’lo bo‘ladi, deb o‘ylashadi, chunki u kulib yuradi. Kolinda prezident bo‘lishiga qaramay, oddiy odamlar kabi Zagreb markazidagi “Basta” pitsseriyasiga boradi, bozordan oziq-ovqat sotib oladi, jamoat transporti yoki mikroavtobusda hech qanday hashamatsiz xotirjam sayr qiladi.

    Shu kungacha sobiq prezident sayyohlar oldiga xotirjam borib, shaharliklar bilan bemalol suratga tushadi. U piyoda sayr qilish bilan birga, sport bilan faol shug‘ullanadi, bo‘sh vaqtlarida mikroto‘lqinli pechda pishirilgan popkorn yeb, bolalari va eri bilan film tomosha qiladi. Grabar-Kitarovichning tan olishicha, pleylistida uni ilhomlantiradigan bir nechta qo‘shiqlar mavjud: Meredit Bruksning Bitch (“Yaramas”) va Emina Arapovichning Vucica (“Bo‘ri bolasi”) nomli xorvatcha qo‘shiqlari shular jumlasidan.

    Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich Bryusselda Yevropa Kengashi prezidenti Donald Task bilan, 2018-yil 13-iyun
    Foto: Getty Images

    Qirolicha Yelizaveta II Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich va uning turmush o‘rtog‘i Yakovni Bukingem saroyida kutib olmoqda, 2016-yil 11-oktyabr
    Foto: Shutterstock / REX

    Kolinda Grabar-Kitarovich Isroil prezidenti Reuven Rivlin bilan Zagrebdagi uchrashuvda, 2018-yil 24-iyul
    Foto: Antonio Bronich / Reuters

    Tanqidchilarning ham tan olishicha, Kolinda har doim zamonaviy uslubdagi o‘ziga yarashgan liboslarni kiyadi. U kiyimlarini o‘zi xarid qiladi, shu o‘rinda eng qimmat moda uylarining hashamatli liboslarini sotib olishga qurbi yetishini ham tan oladi. Ammo siyosatchi kiyinishga katta mablag‘ sarflashni yoqtirmaydi, chunki u kambag‘al oilada tug‘ilganini hali-hanuz esdan chiqarmagan. “Mehnatingiz bilan topilgan pul lotereyada yutib olishdan ko‘ra ko‘proq huzur bag‘ishlaydi, deb o‘ylayman”, deydi u.

    Kolinda nafis ko‘ylaklar, klassik kostyum va paltolar, yubkalarni ma’qul ko‘radi. Ayniqsa, u mahalliy dizaynerlar brendlarini yaxshi ko‘radi — Greta Gudelj, Aleksandra Doysinovis, Ivan Tandaris, Aleksandar Sekuljica, Vesna va Maradan Mariya Milkovich butiklaridan ko‘nglidagidek libos topa oladi. U dizaynerlardan ko‘pincha etnik motivlar, to‘r, kashtado‘zlik, naqshlardan foydalanishni so‘raydi. Ba’zan uning buyurtmasiga ko‘ra, kiyimlarga biror-bir so‘z ham qo‘shish mumkin: “jasorat”, “sevgi” yoki ruhlantiruvchi “o‘zingdek bo‘l” kabi. Siyosatchining sevimli ranglari — qizil, oq va qora.

    “Boshqa muxlislar qatorida biz ham aviareysni uzoq kutganmiz”

    2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Kolindaning mashhurligi butun jahonga ovoza bo‘ldi. Shundan so‘ng prezident Vladimir Putin shaxsan o‘zi uni uchrashuvga taklif qildi. Xorvatiya rahbari chempionatning asosiy qahramonlaridan biriga aylandi: butun dunyo uning Moskvadagi o‘yinni Rossiya va Fransiya rahbarlari hamrohligida tomosha qilayotgani tasvirlangan suratlarini ko‘rdi. Grabar-Kitarovich urilgan gollar quvonchidan raqsga tushdi: his-tuyg‘ularini yashirib o‘tirmadi ham. Xorvatiya terma jamoasi Fransiya terma jamoasiga yutqazib qo‘yganida esa barcha o‘yinchilarni, shu jumladan, fransuzlarni ham quchoqlab o‘pdi.

    Kolinda Rossiyadagi boshqa o‘yinlarga ham xorvatiyaliklar bilan birga bordi: u charter reys va stadionlarga chiptalar buyurtma qildi. “Aeroportda parvozni uzoq kutib qolish holatlari tez-tez bo‘lib turardi va xorvatiyalik muxlislar singari biz ham butun tunni samolyotda o‘tkazardik”, deb eslaydi u.

    Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich Fransiya va Xorvatiya o‘rtasidagi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final uchrashuvidan so‘ng taqdirlash marosimida, 2018-yil 15-iyul, Moskvadagi “Lujniki” stadionida.
    Foto: Petr Devid Xosek / AP

    Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich Xorvatiyaning Fransiya darvozasiga kiritgan birinchi golini nishonlamoqda, “Lujniki” stadioni, 15-iyul, 2018-yil
    Foto: Jan Katuf / Getty Images

    Xorvatiya prezidenti boshqa futbol ishqibozlari bilan birgalikda o‘yinlarni odatiy tribunadan tomosha qildi. “Men ham boshqalar kabi quvnoq ekanligimni ko‘rsatishni, tribunadagi muxlislar bilan birga jamoani qo‘llab-quvvatlashni xohladim. Men ham milliy ramzlarimiz tushirilgan futbolka kiydim. Odatda uzun ko‘ylak kiyish kerak bo‘lgan VIP zonada siz bunday kiyimda bo‘lolmaysiz”, deya tushuntiradi siyosatchi.

    Milliy jamoaning keyingi o‘yinlarida ham u xuddi shu futbolkada bo‘ldi va shu bilan kostyumlarda bo‘lgan boshqa siyosatchilardan ajralib turdi.

    Kolindaning tan olishicha, u nafaqat futbol, ​​balki basketbol va suv polosi bo‘yicha ham terma jamoaning o‘yinlariga shaxsan tashrif buyurishga harakat qiladi. U bolaligidan sportga mehr qo‘ygan: uning do‘stlari, asosan, o‘g‘il bolalar bo‘lgan va ular bilan birga to‘p ortidan qolmagan.

    Erkakshoda qizaloq

    Ko‘pchilik Grabar-Kitarovichning hayotini Zolushka haqidagi ertakka qiyoslaydi. Ayol Xorvatiyaning Riyeka shahri yaqinidagi Lubarska qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning ota-onasi boshlang‘ich maktabnigina bitirgan juda oddiy odamlar edi. Otasi go‘sht do‘koniga egalik qilar, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Qizining ismi ham kutilmaganda tanlangan: o‘sha paytda mashhur xorvat xonandasi Zdenka Vuchkovichning “Kolinda” deb nomlangan qo‘shig‘i mashhur bo‘lgan davrlar edi.

    Qizning shakllanishiga uni haqiqiy katolik va vatanparvar qilib tarbiyalagan bobosi va buvisining ta’siri katta bo‘ldi. Ular 1942-yilda italyan fashistlarining qishloqqa qilingan hujumidan omon qolgan: bobosi partizanlarga qo‘shilgan, ammo buvisi konslagerga tushib qolgan. Keyinchalik buvisi asirlikdan ozod bo‘lgach, antifashistlik yo‘lini tanlaydi.

    Kolindaning otasi o‘g‘illi bo‘lishni orzu qilardi, shuning uchun ham qiz erkakshoda bo‘lib o‘sdi: u ovga chiqar, cho‘zma (rogatka)dan tosh otar, futbol o‘ynardi. Hozir ham bo‘sh vaqtida tirdan o‘q otishni yaxshi ko‘radi.

    Maktabda Grabar-Kitarovich a’lochi o‘quvchi bo‘lib, tarix va chet tillarini yaxshi ko‘rardi, styuardessa yoki tarjimon bo‘lish orzusi edi. Bu vaqtga kelib u ingliz, ispan, portugal tillarini o‘zlashtirgan, nemis, italyan va fransuz tillarida esa oz-moz gapira olgan. Iqtidorli qishloq qizi shaharga kelganida, ko‘pchilik uning qishloqcha talaffuzidan kulishadi. Bunday talaffuzdan qutulish uchun u nutqi ustida juda ko‘p ishlaydi.

    Maktabni tugatgan Kolinda ta’lim granti yutib oladi va tahsil olish uchun AQShga jo‘nab ketadi. Amerikadagi stipendiyasi yetmagani sababli u bo‘sh vaqtida kir yuvuvchi bo‘lib ishlaydi. Vataniga qaytib, universitetga kirganida uning qo‘lidan enagalik va ingliz tilidan repetitorlik qilish kelardi.

    Xorvatiyaning sobiq prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich va uning turmush o‘rtog‘i Zagrebdagi parlament saylovlari paytida, 2020-yil 5-iyul
    Foto: Sandra Simunovich / Pixsell / Legion-media.ru

    Kolinda Grabar-Kitarovich Zagrebdagi tashviqot mitingi paytida, 2019-yil 19-dekabr
    Foto: Antonio Bronich / Reuters

    Ayol bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Yakov bilan 1989-yilda Zagreb universitetida o‘qiyotganida tanishgan. Yigit muhandislik, Kolinda esa xalqaro munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. Turmush qurishgandan so‘ng avval qizi Katarina, keyin o‘g‘li Luka dunyoga keldi. Kolindaning siyosatga qiziqib qolishiga ham turmush o‘rtog‘i Yakov sababchi bo‘ldi. Hozirda uning eri biznesmen va universitet professori: mashhurlikka qiziqmagani sababli rafiqasining soyasida qolishni afzal ko‘radi.

    Kolindaning siyosiy faoliyati 1992-yilda boshlangan. Dastlab Grabar-Kitarovich Fan va texnologiyalar vazirligining Xalqaro hamkorlik bo‘limi maslahatchisi, keyin esa Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi bo‘ldi. 2003-yilda u Yevropa integratsiyasi bo‘limiga rahbarlik qildi, ikki yildan so‘ng esa mamlakat tashqi ishlar vaziri bo‘ldi. 2008-yildan 2011-yilgacha u Xorvatiyaning Qo‘shma Shtatlardagi elchisi lavozimida faoliyat yuritdi. Intervyularining birida esa “Men sigir sog‘a oladigan kam sonli diplomatlardan biriman”, deb hazillashgan ham.

    Cho‘milish kiyimidagi prezident

    Olti yil oldin internetda cho‘milish kiyimi kiygan jozibali mallasoch ayolning suratlari tarqaldi. Tashqi tomondan, u Xorvatiya prezidentiga juda o‘xshardi, ustiga ustak o‘sha paytda Kolinda oilasi bilan ta’tilda edi. Ko‘pchilik davlat rahbari, ayniqsa, qat’iy kiyinish uslubiga rioya qiladigan odam bunday ochiq-sochiq cho‘milish kiyimini kiymasligi kerakligi haqida yozishni boshladi. Keyinchalik bu Grabar-Kitarovich emas, balki Kolindaga juda o‘xshash bo‘lgan aktrisa Nikol Ostin ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayni o‘sha vaqtda davlat rahbarining cho‘milish kiyimida bo‘lgan haqiqiy fotosuratlari tarqalib ketdi – bu yanada katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Kolindaning cho‘milish kiyimi sipo bo‘lsa-da, prezidentning qaddi-qomati ko‘pchilikni maftun qilib qo‘ydi.

    Kolinda Grabar-Kitarovich Chernogoriyada raftingda
    Foto: @kolinda_gk

    Grabar-Kitarovich dam olish paytida
    Foto: @kolinda_gk

    Grabar Kitarovich Dubrovnikda tushlik paytida
    Foto: @kolinda_gk

    Kolinda haqidagi feyk xabarlar internetda tez-tez paydo bo‘lib turadi. Bir safar esa ommaviy axborot vositalari u prezident samolyotini, shuningdek, hukumat amaldorlarini olib yuruvchi 35 ta Mercedes avtomobilini sotib yuborgani haqida ham yozgan. Unda aytilishicha, u tushgan pullarni davlat g‘aznasiga topshirgan, shuningdek, konsul va elchilar maoshlarini 60 foizga qisqartirgani ham aytib o‘tilgan. Keyinchalik bu haqiqat emasligi ma’lum bo‘ldi. Mamlakatda barcha hokimiyat faqat prezidentga emas, balki hukumatga tegishli, aslida Grabar-Kitarovichning bunday vakolatlari yo‘q.

    Xalqning cheksiz mehriga qaramay, Kolinda prezidentlik kursisida uzoq vaqt qolmadi. 2019-yilning dekabr—2020-yilning yanvar oylarida Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan yangi prezidentlik saylovlarida u Zoran Milanovichga yutqazdi. Ammo sportga bo‘lgan muhabbati Kolindaga shu yerda ham yordam berdi: u Xorvatiyaning Xalqaro Olimpiya qo‘mitasidagi rasmiy vakili etib saylandi.

    29.12.2024, 16:20   Izoh (0)   5280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #shou-biznes

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    20 yil va undan ko‘proq davom etgan turmushi ajrim bilan yakunlangan mashhurlar (foto)

    19.12.2024, 15:40

    Qiziqchi Mahfuza Sherboyeva uzoq yillik ijara qiyinchiliklaridan so‘ng Toshkentdan ikkita uy olgani haqida gapirdi

    23.12.2024, 13:55

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Hind kinosining eng pazanda aktrisalari (foto)

    19.12.2024, 16:53

    Qiyofadosh aktrisalar: tashqi jihatdan juda o‘xshash bo‘lgan turk seriali yulduzlari

    20.12.2024, 10:40

    Ismlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan, ammo mahsulotlari hamma joyda ishlatiladigan eng badavlat odamlar

    19.12.2024, 17:37

    “Agar otam tirik bo‘lganida, san’atkor bo‘lmasdim”. Marhum aktrisa Halima Ibragimovaning so‘nggi intervyusi e’lon qilindi

    20.12.2024, 15:53

    Instagram: Shafoat Rahmatullayeva reanimatsiyada, Nilufar Usmonova o‘g‘lini qachon uylantiradi? Indira Miftahovaga qaynonasi BYD sovg‘a qildi

    20.12.2024, 12:15

    Plastik jarrohlik orqali yuz tuzilishini o‘zgartirgan Bollivud aktrisalari (foto)

    20.12.2024, 16:54

    Arnold Shvarseneggerning yangi videosi uning sog‘lig‘i borasida muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi

    20.12.2024, 17:58

    Rejissyor Kristofer Nolan Britaniya qiroli tomonidan ritsarlik unvoni bilan taqdirlandi (video)

    23.12.2024, 11:35

    Burak O‘zchivit Turkiyada Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so‘zlab berdi

    23.12.2024, 09:55

    Dunyoning eng badavlat yutuberi Mr.Beast Misr piramidalarini ijaraga oldi

    23.12.2024, 14:42

    Turk aktyori Murat Yildirim va fransuz aktrisasi Yeva Grin Martin Skorsezening yangi filmida birga suratga tushadi

    24.12.2024, 16:40

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi

    24.12.2024, 09:40

    Instagram: Rafiqasining tug‘ilgan kunini nishonlagan Tohir Sodiqov, imijini o‘zgartirgan Asal Shodiyeva, Umida Mirhamidova oilasida xursandchilik

    24.12.2024, 11:25

    “Tunlari yolg‘iz ekanligim seziladi”. Aktrisa Shafoat Rahmatullayevaning tabassumi ortiga yashiringan dardlari haqida 

    24.12.2024, 13:50

    Jennifer Lopesning yoshlik siri: xonanda go‘zalligini saqlab qolish uchun qanday nonushta qiladi?

    25.12.2024, 09:50

    Burak O‘zchivit 40 yoshda: ajoyib umr yo‘ldosh va mehribon ota, fotograf va kolleksioner haqida nimalar ma’lum?

    24.12.2024, 18:58

    Klinik o‘lim, o‘zagartirilgan ism va “bomj stayl”. Osiyoning eng mashhur 15 xonandasi ro‘yxatiga kirgan Sevara Nazarxon 48 yoshda (foto, video)

    25.12.2024, 12:55

    “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin Kim Kardashyanning yangi klipida suratga tushdi

    25.12.2024, 10:45

    Instagram: O‘g‘lini muxlislariga ko‘rsatgan Munisa Rizayeva, qizini uzatgan Masrur Usmonov, qo‘lini jarohatlagan Rayhon Ulasenova

    25.12.2024, 11:55

    “Taxtlar o‘yini” finaliga 5 yil to‘ldi: serial qahramonlari hozir qayerda va nimalar bilan band?

    25.12.2024, 15:39

    Xonanda Teylor Svift og‘ir kasal muxlisasiga 5 ming dollarlik ko‘ylak sovg‘a qildi (video)

    25.12.2024, 13:30

    To‘rt tilda so‘zlasha oladigan, turk aktyori qalbini zabt etgan va davosiz kasallikdan aziyat chekadigan Yulduz Rajabova 35 yoshda (foto, video)

    26.12.2024, 11:55

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11

    Instagram: Ota-onasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan Ra’no Shodiyeva, Porsche’sida YTHga uchragan Dili.me, Dilnozning to‘yi qachon?  

    26.12.2024, 12:50

    “Uyda yolg‘iz” filmidagi eng katta sir fosh bo‘ldi: Makkalisterlar oilasi boshlig‘i kim bo‘lib ishlagan?

    26.12.2024, 14:48

    “Nimani maqtansangiz, o‘sha narsangizdan ayrilasiz”. Sitora Farmonova turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani hamda qayerda yashayotgani haqida  

    26.12.2024, 15:53

    “Menga shuncha yil taqiq qo‘ydinglar, indamadim. Bolalarda nima ayb?”. Botir Qodirov Jo‘rayevlar oilasiga murojaat qildi (video)

    26.12.2024, 16:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.