O‘zbekiston 7 oyda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi
O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 156 mln dollarga 10 542 ta elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
7 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar:
Xitoy – 10 477 ta
Gonkong – 14 ta
Germaniya – 11 ta
BAA – 10 ta
2019-yilda O‘zbekistonga olib kirilayotgan elektromobillar bojxona, aksiz va avtotransport soliqlaridan ozod qilingan. 2021-yilning noyabrida YHXBB elektromobillar uchun “yashil” davlat raqamlari berishni boshladi.
Prezidentning 2024-yildagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi.
Izoh (0)