Ukrainalik darvozabon 1-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan “Borussiya D”ga qarshi Chempionlar Ligasi finali qaydnomasiga kiritilgan. Ammo u shamollab qolgan va boshqalarga infeksiya yuqtirishi ehtimoli sababli jamoadan bir necha kun o‘tib, Londonga uchadi.
“Mavsumdagi eng asosiy va hayotimdagi eng muhim o‘yinga jamoa bilan tayyorlana olmayotganimdan juda xafaman.
Barchaga qo‘llab-quvvatlayotganingiz va daldangiz uchun katta rahmat! Biz turnirni 15-bor yutish uchun boramiz”,— deb yozdi Lunin Instagramdagi sahifasida.
Avvalroq Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya”si bilan (1-iyun) o‘yinda “qirollik klubi” darvozasini belgiyalik Tibo Kurtua himoya qilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)