“Chelsi” va “Everton”ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard “Byornli”ni boshqarishi mumkin, deya xabar beradi taniqli jurnalist Nikolo Shkira X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Manbaga ko‘ra, angliyalik sobiq futbolchi “Byornli” jamoasini boshqarishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.
Avvalroq “Byornli” sobiq bosh murabbiyi Vensan Kompani “Bavariya” bilan 2027-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi. Klub mutaxassis boshqa jamoaga o‘tgani uchun taxminan 12 million yevro oladi. Hozirda vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida Kompanining sobiq yordamchisi Kreyg Bellami ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lempardning so‘nggi ish joyi Londonning “Chelsi”si bo‘lib, u yerda 2023-yilning aprelidan iyuligacha murabbiylik qilgan. Bungacha angliyalik mutaxassis 2022-yilning yanvaridan 2023-yilning yanvarigacha “Everton”da bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)