“Eronning Isroilga ehtimoliy hujumi munosabati bilan Germaniya elchixonasi xodimlarining oila aʼzolari Eronni tark etishmoqda”, — deyiladi “RIA Novosti” xabarida. Evakuatsiya qilinganlar soni aniqlanmagan.
Sayt maʼlumotlariga ko‘ra, Germaniyaning Eron va Isroildagi elchixonalarida qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan, vaziyatni muhokama qilish uchun shanba va yakshanba kunlari Germaniya Tashqi ishlar vazirligida tezkor guruh yig‘iladi.
Bir kun avval Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya fuqarolarini Eronni tark etishga, Isroil va Falastin hududlariga sayohat qilishdan tiyilishga chaqirgandi.
Amerikaning The Wall Street Journal gazetasi Isroil yaqin kunlarda Erondan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujumga tayyorlanayotgani, bu Isroilning Suriya poytaxti Damashqdagi Eron Bosh konsulligi binosiga uyushtirgan havo hujumiga javob bo‘lishi taxmin qilinayotgani haqida xabar berdi.
Izoh (0)