Niderlandiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Eron poytaxti Tehrondagi elchixonasi yopilishini maʼlum qildi. Bu haqda Gulf News nashri xabar berdi.
Hukumat rasmiylari ushbu bayonotni 13-aprel kuni eʼlon qilgan. Elchixona faoliyati 14-apreldan to‘xtashi aytilgan.
Amsterdamdagi maʼmuriyat ushbu qarorga kelish uchun asos sifatida Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat kuchayishini keltirgan. Elchixona yopilishi bilan bog‘liq holatni esa Eron bilan munosabatlarga aslo daxl qilmaydigan harakat, “ehtiyot chorasi” deya baholagan.
Elchixona qachondan yana odatiy tartibga qaytishi maʼlum qilinmagan. Hukumat siyosiy vaziyatni inobatga olib, bu haqda qaror qabul qilishi aytilgan.
Eron rasmiylari Niderlandiya elchixonasining vaqtinchalik yopilishi bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirmagan.
Izoh (0)