Ho‘rmuz bo‘g‘ozida Eron harbiylari tomonidan qo‘lga olingan MSC Aries konteyner kemasi ekipajida 17 nafar Hindiston fuqarosi bor.
Bu haqda Hindiston hukumatidagi manbalarga tayanib, Hindistonning Times Now axborot portali xabar berdi.

“Biz MSC Aries yuk kemasi Eron tomonidan nazoratga olinganini bilamiz. Bortda 17 nafar Hindiston fuqarosi borligi haqida ma’lumot oldik”, — dedi manba.
“Biz Hindiston fuqarolarining xavfsizligi, xotirjamligi va tezroq ozod etilishini taʼminlash uchun Tehron va Dehlidagi diplomatik kanallar orqali Eron hukumati bilan aloqadamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq Eron oliy rahbariyatiga bo‘ysunuvchi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yirik yuk tashuvchi kemani qo‘lga olgani xabar qilingandi.
Izoh (0)