Koreyaga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar soni bir yilda 48,7 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar iyun oylarida jami 14,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Koreya Respublikasiga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 ming yoki 48,7 foizga yuqori.

Fuqarolarning ushbu davlatga safar maqsadlari quyidagicha bo‘lgan:
- sayohat – 10 032 nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash – 3 041 nafar
- o‘qish – 1 557 nafar
- xizmat yuzasidan – 187 nafar
- davolanish – 25 nafar.
Maʼlumot uchun, O‘zbekistonning Koreya bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 837,1 million AQSH dollariga yetgan hamda respublikamizda ushbu davlat ishtirokidagi 671 ta korxona mavjud.
Izoh (0)