Ekvadorda prezidentlikka nomzodlar saylov uchastkalariga o‘q o‘tkazmaydigan jilet va kaskalar kiyib keldi, deb xabar bermoqda Ecuavisa telekanali. Mamlakatda 9-avgust kuni “Stroy” harakatidan prezidentlikka nomzod Fernando Vilyavisensio otib ketilgandi.
Ekvadorda 20-avgust kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashish uchun Vilyavisensioning o‘rniga “Story” harakatidan nomzod Kristian Zurita zirhli jilet kiygan holda saylov uchastkasiga keldi.
Nomzod politsiya va askarlar hamrohligida o‘z ovozini berdi.
Yana bir nomzod Daniel Noboa ham zirhli jiletda saylov uchastkasiga tashrif buyurdi.
Ekvadorda bir haftada ikki siyosatchi otib o‘ldirildi
9-avgust kuni kechqurun Ekvador poytaxti Kitoda noma’lum shaxslar saylovoldi tashviqoti tadbiridan so‘ng mashinaga o‘tirgan Vilyavisensioning boshiga uch marta o‘q uzdi. U tiriklik belgilarisiz klinikaga olib ketildi, so‘ng vafot etgani e’lon qilindi.
Otishmada yana to‘qqiz kishi jarohat olgan, hujumchi ham o‘ldirilgan. Respublikada 60 kunga favqulodda holat joriy etildi. Voqeadan so‘ng prezidentlikka nomzodlarning yetti nafaridan besh nafari saylovoldi tashviqotini to‘xtatganini e’lon qildi.
15-avgust kuni Esmeraldas provinsiyasidagi “Fuqarolik inqilobi” siyosiy harakati yetakchisi Pedro Briones uyi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan otib ketildi.
Izoh (0)