Qirg‘izistonning “Manas” aeroportida 27 yoshli chechen faoli Mansur Movlayev qo‘lga olindi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.
Movlayev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov izolyatorining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Huquq faoli Tolekan Ismoilova chechen faoli “Rossiyadagi qiynoqlar qurboni” ekanini bildirdi.
Movlayev Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni tanqid qilgan, inson huquqlari buzilishi va siyosiy repressiyalarga qarshi chiqqan.
U o‘z bayonotlarida so‘z erkinligining buzilishi, huquq-tartibot idoralarining o‘zboshimchaliklari va mamlakatdagi boshqa muammolarga oid savollarni o‘rtaga tashlagan.
Movlayev 2020-yilda 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Muxolifatga ko‘ra, unga qarshi ish uydirma bo‘lgan. 2022-yilda u shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan, biroq Shali tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan hibsga olingan. Yigit Rossiyadan qochishga muvaffaq bo‘lgan va federal qidiruvga berilgan.
Izoh (0)