Pokiston janubida Karachidan Abbotobodga ketayotgan yo‘lovchi poyezdining sakkiz vagoni relsdan chiqib ketdi.
Oqibatda kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Geo telekanali.
Poyezd halokatiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Hozirda yo‘lning ushbu qismida poyezdlar harakati to‘xtatilgan.
Rasmiylarning hisob-kitoblariga ko‘ra, transport harakati tiklanishi uchun 18 soatgacha vaqt ketishi mumkin.
Izoh (0)