Belarusda mamlakat transport va kommunikatsiyalar vaziri Aleksey Avramenko to‘satdan vafot etdi. Bu haqda BelTA xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Aleksey Avramenko 4-iyul kuni 47 yoshida vafot etgan. Vazirning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.
Aleksey Avramenko 1977-yilda Minskda tug‘ilgan. 2006-yildan Belarus Vazirlar Kengashi devonining Transport va kommunikatsiyalar departamentida turli lavozimlarda ishlagan, 2012-yilda esa unga rahbarlik qilgan.
2013-yildan transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari, 2016-yildan transport va kommunikatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 2019-yilda u Belarus transport va kommunikatsiyalar vaziri etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, bu Belarusda so‘nggi bir yil ichida ikkinchi vazir o‘limidir — 2022-yilning noyabrida Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey vafot etgandi. Uning ham o‘lim sababi ochiqlanmagan, biroq ayrim manbalar vazirning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lganini ilgari surgan.
Ukrainalik rasmiy Belarus tashqi ishlar vaziri o‘ldirib ketilgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Makey zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar ham keltirib o‘tilgan.
Izoh (0)