Daryo

Ukrainalik rasmiy Belarus tashqi ishlar vaziri o‘ldirib ketilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda

Vladimir Makey 26-noyabr kuni yurak xurujidan vafot etgani ma’lum qilingandi

1 daqiqa o‘qish22 196 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Facebook.com/belarusmfa

Ukraina sobiq tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin Belarus TIV rahbari Vladimir Makey o‘ldirib ketilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u Radio “NV”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: Facebook.com/belarusmfa

“Menimcha, Makey o‘ldirilgani ehtimoli juda yuqori. Albatta, yurak xuruji dorilarini rag‘batlantiradigan tegishli moddalar mavjud. Bu tasodifiy emas, Makey sog‘lig‘iga qanday g‘amxo‘rlik qilgani, o‘zining pozitsiyasini qadrlaganini bilaman. Menimcha, unda kun kelib Lukashenko o‘rnini egallash orzusi bo‘lgan. So‘nggi yillarda bu orzular saqlanib qolganmi yoki yo‘qligini aytish qiyin”, — deydi Klimkin.

Ukraina sobiq tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Makey “faqat yurak xurujidan” o‘lmagan bo‘lishi mumkin.

Vladimir Makeyning vafoti

26-noyabr kuni 64 yoshida Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey vafot etdi. Mahalliy OAV diplomatning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani va amaldor o‘z ahvolini jiddiy qabul qilmaganini ta’kidladi.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi maslahatchisi Anton Gerashchenkoning aytishicha, bu holat Lukashenko uchun signal bo‘lishi kerak.

“U zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor. Makey Lukashenkoning vorisi deb atalgan. U Rossiya ta’sirida bo‘lmagan kam sonlilardan biri edi. Aytishlaricha, bu Lukashenkoga ishora bo‘lishi mumkin”, — degan u.

Mavzuga doir: Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar