Rossiya poytaxti Moskvada Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari mushtlashdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ommaviy mushtlashuv Lyublinskaya ko‘chasidagi kafeda yuz bergan. Janjal mushtlashuvga aylanib, keyin ko‘chada davom etgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari janjal Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida sodir bo‘lganini aniqlagan. Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritish uchun 15 kishi hibsga olinib, politsiyaga olib ketilgan.
Izoh (2)
15 ta askar 15 ta axmoq
тинч юришнинг иложи йук