• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12547.38
    • RUB157.02
    • EUR14665.38
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha “tinchlik rejasi”ni e’lon qildi: Ukraina TIV bunga munosabat bildirdi

    Xitoy yaqin orada Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini taqdim etadi. Bu haqda Myunxendagi xavfsizlik konferensiyasida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ma’lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

    Foto: Reuters

    Kelgusi hafta Moskvaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan Van I tinchlik rejasi “barcha mamlakatlar suvereniteti”ni hurmat qilgan holda yaratilganini tushuntirdi. Diplomat hujjat Xitoy raisi Si Szinpin ilgari surgan avvalgi rejaning bandlarini takrorlashini aytdi. Siyosatchi nazarda tutayotgan tinchlik rejasi hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga rioya qilish, inqirozni tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini o‘z ichiga oladi.

    “Bundan tashqari, xavfsizlik sohasidagi barcha davlatlarning qonuniy manfaatlari hisobga olinishi kerak”, — deya ta’kidladi Van I.

    Diplomat Xitoy harbiy mojaroni hal qilishga hissa qo‘shishga urinib, “qo‘l qovushtirib o‘tirmagani”, “o‘tga yog‘ qo‘ymagani” va inqirozdan foyda ko‘rishga urinmaganini aytdi. Pekin “tinchlik va muloqot tarafdori” ekanini qayd etdi.

    “Biz bu inqirozli vaziyatni faqat tinch muzokaralar yo‘li bilan hal qilish mumkinligiga aminmiz. Yevropalik do‘stlarimizni muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun qanday harakatlar qilishlari mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishga chaqiramiz”, — dedi u.

    Shu bilan birga, Van I Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar urushning dastlabki haftalarida tinchlik bitimlarini tuzishga qarshi bo‘lgan “ayrim kuchlar”ning ehtimoliy ta’siri tufayli to‘xtab qolganini aytdi.

    "Ba’zi kuchlar Ukraina chegaralaridan tashqarida ham strategik maqsadlarga ega”, — dedi siyosatchi.

    Ukraina munosabati

    Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Xitoyning Ukrainadagi urushni tugatish rejasini o‘qimay turib gapirishdan ma’no yo‘qligini aytdi. 

    “Xitoy rejasini ko‘rmasdan gapirishning ma’nosi yo‘q. Ammo nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bu reja dunyoning turli burchaklaridan kelsa ham, bir narsaga e’tibor qaratishimiz kerak: hatto juda charchagan bo‘lsak ham, ozodlik uchun kurashishdan to‘xtamasligimiz zarur”, — dedi Kuleba.

    Ukraina tashqi ishlar vaziri Myunxen konferensiyasi doirasida Xitoy Rossiya agressiyasini to‘xtatishga hissa qo‘shishi mumkinligini aytdi. Kuleba Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xitoylik hamkasblari bilan muloqot qilish imkoniyatini kutmoqda.

    "Xitoy bunda o‘z rolini o‘ynashini xohlaymiz. Bu Xitoy va Ukraina uchun asosiy tamoyilni tasdiqlaydi”, — dedi vazir.

    Dmitriy Kulebaning ta’kidlashicha, hech qanday tinchlik rejasi Ukraina yoki dunyoning boshqa davlatlarining hududiy imtiyozlarini nazarda tutmasligi kerak.

    19.02.2023, 19:13   Izoh (0)   22095
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Ukrainadagi urushni tugatishning 10 ta shartini aytdi

    15.11.2022, 17:20

    Ramzan Qodirov Ukraina bilan tinchlik muzokaralari shartlarini ilgari surdi

    16.11.2022, 09:06

    Zelenskiyning o‘nta banddan iborat tinchlik bo‘yicha rejasi tafsilotlari ishlab chiqilmoqda — WSJ

    23.12.2022, 09:53

    Rossiya Zelenskiyning “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib bormoqchi emas

    29.12.2022, 12:02

    Rossiya Turkiya Zelenskiyning “tinchlik formulasi”ni qo‘llab-quvvatlayotganidan norozi

    13.01.2023, 13:58

    AQSH havo shari va Rossiya borasida Xitoyni ogohlantirdi 

    19.02.2023, 18:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron yadrochi olimlarini xavfsiz joyga ko‘chirdi — The Telegraph

    Dunyo | 18 avgust, 00:05

    Gretsiyada 273 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot dvigateli yonib ketdi (video)

    Dunyo | 17 avgust, 23:32

    Zelenskiy: Ukraina Konstitutsiyasi “yer bilan savdolashishga” yo‘l qo‘ymaydi

    Dunyo | 17 avgust, 22:50

    Kuvaytda alkogoldan 23 kishi vafot etdi

    Dunyo | 17 avgust, 22:15

    “Rossiya Ukrainaning 5 ta viloyati bo‘yicha yon berdi” — Uitkoff

    Dunyo | 17 avgust, 21:10

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.