O‘zbekistonda endi vositachi shartnomasi asosida tovar (xizmat) realizatsiyasini amalga oshiruvchilar tomonidan chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlash mumkin. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunda komitent shaxsiy kabinetida vositachini (komissioner) ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi lozim.
Soliq to‘lovchilar yangi imkoniyatdan “my3.soliq.uz” portali shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn nazorat-kassa texnikasi ma’lumotlari” bo‘limida test rejimida foydalanishi mumkin.
Shu bilan birga, “my.soliq.uz” sayti “Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti”dagi “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari” bo‘limining bir qator menyulari “my3.soliq.uz” saytida joriy qilindi.
Jumladan:
- tadbirkorlar tomonidan onlayn-NKM (virtual kassa) hamda Marketpleys orqali shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish;
- vositachi tomonidan shakllantirilgan chek ma’lumotlarini kuzatish.
Ma’lumot uchun, “my.soliq.uz” saytidagi onlayn nazorat-kassa texnikasi xizmatlari bosqichma-bosqich “my3.soliq.uz” saytiga o‘tkaziladi.
Izoh (0)