O‘zbekistonda davlat ulushi bo‘lmagan korxonalarga eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy e’lon qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 20-avgust kuni tadbirkorlar bilan o‘tkazayotgan ochiq muloqotida ma’lum qildi.

Prezident ayrim mintaqalardagi notinchliklar oqibatida tashqi bozorlardagi tebranishlar, logistikadagi uzilishlar eksport tushumlarining kechikishiga olib kelayotganini, bunday sharoitda o‘zi shundoq ham puli tushmayotgan tadbirkorlar muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarima to‘layotganini aytdi.

Davlat rahbarining qayd etishicha, bu masalani juda ko‘p to‘qimachilik korxonalari va meva-sabzavot eksportchilari ko‘tarib, yengillik so‘radi. Prezident muammoning yechimini aytdi — endilikda davlat ulushi bo‘lmagan korxonalarga eksportda muddati o‘tgan qarzdorlik uchun jarima hisoblash va undirishga bir yillik moratoriy e’lon qilinadi.


Izoh (0)