• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Amrillo Inoyatov shifokorlarning fuqarolar tomonidan rag‘batlantirilishini yoqladi. Antikorrupsiya agentligi bunga munosabat bildirdi

    Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning “Bemorga mehr bilan yondoshsangiz, rozi bo‘lib, o‘zi sizga berib ketadi” mazmunidagi fikriga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jamoatchilik kengashi munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyani kamaytirish Sog‘liqni saqlash vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, keng jamoatchilikning, xususan, agentlik huzuridagi jamoatchilik kengashining kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib turibdi.

    Shu boisdan 25-yanvar kuni mas’ul tuzilmalar hamda agentlik huzuridagi jamoatchilik kengashi, OAV vakillari ishtirokida muloqot tashkil etilib, korrupsiyani bartaraf etishga qaratilgan aniq choralar belgilab olindi. Jamoatchilik kengashi Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatining korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha boshlagan ishlarini qo‘llab-quvvatlagan.

    Shu bilan birga, sharafli kasb egalari – shifokorlarni rag‘batlantirish yo‘llaridan biri sifatida bemorlar bergan mablag‘ning  e’tirof etilishini qonunchilikka va mamlakatda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga zid harakat sifatida qayd etgan. Mazkur taklif tizimda korrupsiyaviy jinoyatlar sonining ortishiga hamda shifokor kasbi mavqeining pasayishiga, sog‘liqni saqlash tizimiga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining qo‘shma bayonotida “Tibbiyot xodimlariga munosib mehnat sharoitini yaratish va daromadini oshirish, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, bunda, tibbiyot xodimlari malakasiga, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat hajmi, murakkablik darajasi va sifatiga qarab mehnatga haq to‘lashning toifalangan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish” belgilangan.

    Jamoatchilik kengashi shifokorlarni rag‘batlantirishda bemorlardan pul olish singari (ixtiyoriy yoki ixtiyoriy emasligidan qat’iy nazar) noqonuniy xatti-harakatlarni bartaraf etish hamda haq to‘lashning toifalangan mexanizmini joriy etish Sog‘liqni saqlash vazirligining asosiy maqsadi bo‘lishi lozimligini bildirgan. Shuningdek, ushbu masala ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi ma’lum qilingan.

    Telegram’dagi “Safar” kanalining yozishicha, bu masalada muammo Sog‘liqni saqlash vazirida emas. Muallif Inoyatovning shifokorlarning oyligi va odamlar pul berishi haqidagi so‘zlari nega bunchalik muhokama qilinayotganiga hayron bo‘lganini bildirgan.

    “Bu gaplarning nimasi yangilik? Qaysi davrda shunaqa bo‘lmagan? Kim do‘xtirning cho‘ntagiga Inoyatovning iborasi bilan aytganda, “so‘ramasa ham, rozi bo‘lib, barakasini berib” ketmagan? Shifokorning cho‘ntagiga solinayotgan pul nima deb atalishi va bu gapni kim aytayotganidan qat’i nazar, bu holat bor. Buni hammamiz bilamiz. Kecha ham bor edi, ertaga ham bo‘ladi. Shu gapni vazir aytgani uchun u aybdor bo‘lib qolmaydi. Chunki muammo aslida unda emas, yillarki o‘nglanmayotgan tizimda. Tizimni to‘g‘rilash uchun esa vaqt kerak. Haqiqat shuki, cho‘ntagida puli bor do‘xtirning ishiyam sifatli bo‘ladi. Vazir aytgan zo‘r do‘xtirlar, “o‘z brendini yaratgan” shifokorlar hozir ham yaxshi yashashyapti.  Odamlar do‘xtirlarning cho‘ntagiga pul solishiga qarshi kurashishdan ko‘ra, sifatli tibbiyot haqida gaplashsak bo‘lardi. Sifatli narsa esa har doim qimmat bo‘ladi. Mayli, bu alohida mavzu”, — deyiladi postda.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Farg‘onada tibbiyot sohasi vakillari va jurnalist bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Inoyatov sog‘liqni saqlash tizimidagi rahbar xodimlarning maoshi haqida gapirib, rahbar-shifokorlardan biridan oyligi qanchaligini so‘ragan. Vazir shifokorning gapini eshitib, u aytgan 5,5 million so‘m oyligi va unga qo‘shimcha bemorlar beradigan haqni qo‘shganda yetarlicha summa chiqishiga ishonch bildirgan.

    06.02.2023, 17:07   Izoh (3)   12870
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (3)

    Kirish
    1. 5722847882@telegram.org / 08.02.2023, 14:56

      Хамма айибни вазирга юклашдан олдин ойлик маош тарифларини кайта куриб чикишни маслахат бераман. Олий тойфали хамшира Энди тугатиб келган шифокордан куп маош олади.

      Javob berish
    2. 510442767@telegram.org / 06.02.2023, 21:55

      Xa vazir aytgan gap togri bu ishlar bolayotgandir lekin bu gaplariga qoshilish degani karrupsiyani qonunilashtirishkuu shunda shifokor pul berganga yaxshi momilada bolib bermaganga yuzaki baxo berishni tashxislarni chuqur organmay yuzaki qarashga otadi yana osha tabaqalanish shakillanadi. Xamma xam inson shifokor xam nafsi borr puli yoq odammga shifokorr BRENDI shakillangan bolsa xam pul berolmaydi chunki unda yoq pul duo qiladi chin kongildan, shifokor puli yoq bemorga bermagandan keyin albatta unga vaqt ajratmydi tabaqalaydi. Tizimni buzulishiga olib keladi buuu.

      Javob berish
    3. 623894671@telegram.org / 06.02.2023, 17:51

      shifokorlarni rag‘batlantirish yo‘llaridan biri sifatida bemorlar bergan mablag‘ning e’tirof etilishini qonunchilikka va mamlakatda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga zid harakat sifatida baholayman.
      Jizzax shaxrida yaqinda farzandli bo‘ldik. SHifokor chekka xonaga chaqirib pul talab qildi. Ma'lum miqforda suyunchi puli berdim Hamma berar ekan. Keyin bilsam kam bergan ekanman shekilli, vrach xam, xamshira xam biror marta xam ona va boladan xabar olmapdi. So‘rasam siz kam pul bergan ekansis dadasi, shuning uchun xech kim xabar olmadi. Ko‘proq pul berganlardan, doimiy xabar olib turdi deb aytdi.
      Juda xolatdan xafa bo‘ldim Kim ko‘proq pul bersa shunga yaxshi qarar ekan. Kam berganga qaramas ekan.
      Vazir shuni rivojlantirmoqchi shekilli.
      Bu ish yaxshi emas deb o‘ylayman.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on telefon orqali muloqot qildi

    06.02.2023, 16:52

    Andijondagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘inda 50 kvadrat metr maydon yonib ketdi 

    06.02.2023, 16:36

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi 

    06.02.2023, 16:30

    Andijonda hokimlik taklifi bilan maktab hovlisida qo‘shimcha bino qurib, yoshlarni ishli qilishga uringan tadbirkorning noqonuniy qurilishi buzib tashlanishi mumki...

    06.02.2023, 15:54

    O‘zbekiston Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun gumanitar yordam va FVV qutqaruvchilarini jo‘natadi 

    06.02.2023, 15:13

    Namanganda Telegram orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 

    06.02.2023, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.