Afg‘onistonning Zobul viloyatida noma’lum kasallikka chalinish holati keskin oshdi. Bu haqda Tolonews’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 80 ga yaqin odam xastalikka chalingan, ikki bola halok bo‘lgan. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdul Hakim Hakimiyga ko‘ra, kasallik Shohjoy tumanida aniqlangan. Kasallikka chalinganlar yuqori isitma va burundan qon ketish kabi alomatlarni boshdan kechirgan.
Iyul oyida Afg‘onistonning ikkita viloyatida bir kecha-kunduzda qariyb 40 kishi vabo (xolera) oqibatida vafot etgandi. Ba’zi fuqarolarda vabo kasalligi o‘lim bilan tugayotganiga ular qoniqarsiz sanitariya-gigiyena sharoitlarida davolanayotgani sabab bo‘lgan.
Izoh (0)