Kanadaning Toronto shahri chekkasida yuz bergan otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, hujumchining o‘zi esa politsiya tomonidan otib o‘ldirildi, deb xabar bermoqda AP.
Voqea Ontario provinsiyasining Von shahridagi ko‘p qavatli turar joyda yuz bergan. Hujumchi ham shu binoda yashagani yoki yo‘qligi noma’lum.
“Dahshatli manzara. Olti jasad. Ulardan biri gumonlanuvchi. Qolgan besh nafari jabrdiyda”, — dedi hududiy politsiya boshlig‘i Jeyms Maksuin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi tomonidan o‘q uzilgan yettinchi odam kasalxonada va uning tuzalib ketishiga umid bor.
Otishma sabablari hozircha noma’lum, tergov davom etmoqda.
Ma’lumot uchun Kanadada ommaviy otishmalar kam uchraydi. Toronto esa uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng xavfsiz shaharlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Izoh (0)