Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Krimsk shahrida 24-noyabr kuni noma’lum erkak “Slavyanskiy” savdo markazi yonida ko‘chadagi odamlarga qarata o‘q uzdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, erkak quroldan ustiga sochiq yopgan holda foydalangan. Ayrim manbalarga ko‘ra, qurollangan shaxs sudda sobiq rafiqasiga yutqazgan va hukm e’lon qilinganidan keyin uni ta’qib qila boshlagan. Ammo ko‘chada ayolni himoya qilgan erkakni otgan.
Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan. Keyinroq erkak o‘g‘lining oldiga borib, u yerda o‘zini otib o‘ldirgan. “RIA Novosti” ma’lumotiga ko‘ra, otishma oqibatida to‘rt kishi, jumladan erkak halok bo‘lgan.
Izoh (0)