Rossiyada Ukrainaga yana 3—4 marta yoppasiga hujum qilish uchun yetarli raketalar qoldi. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Rossiya raketalarni qo‘llash me’yoridan allaqachon o‘tib bo‘lgan. Biroq raketalardan bunday foydalanish Rossiya qo‘shinlari uchun nomaqbuldir.
“U holda ular butunlay raketasiz qoladi, bu esa nomaqbul holat, axir ularda umuman boshqacha vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin, shu sababli ular qandaydir zaxira qoldirishi kerak. Biroq ularda S-300 raketalari bor, ularni, afsuski, bizning shaharlarimizga qarshi ishlatishyapti”, — dedi Danilov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Erondan ballistik raketalar yetkazib berilishi xavfi ham mavjud.
Avvalroq Rossiya Ukrainani o‘qqa tutishda X-55 raketalarini qo‘llagani, ularni Moskva qachonlardir Kiyevning o‘zidan olgani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)