O‘zbekistonda gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar koronavirus bilan miks-infeksiya kasalligi sifatida aynan emlanmagan va surunkali kasalliklari bor fuqarolarda aniqlanmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, so‘nggi 7 kunlikda statsionarga yotqizilgan bemorlar soni 482 nafarni, davolanib chiqqanlar soni 358 nafarni, karantinga olinganlar 2 310 nafarni va karantindan chiqarilganlar 1 306 nafarni tashkil etgan.
Hozirda COVID-19 ni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalarda 539 nafar bemor qolmoqda, uy sharoitida davolanayotganlar esa 187 nafarni tashkil etmoqda.
So‘nggi 14 kunlikda ro‘yxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili:
- 0—14 yoshgacha bo‘lganlar — 12,5 foizni;
- 15—19 yoshdagilar — 2,1 foizni;
- 20—29 yoshdagilar — 37,5 foizni;
- 30—39 yoshdagilar — 15,6 foizni;
- 40—49 yoshdagilar — 11,5 foizni;
- 50—59 yoshdagilar — 9,3 foizni;
- 60 yosh va kattalar — 11,5 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)