O‘zbekistonda 23-noyabr kuni 98 kishida koronavirus qayd etildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining
- 5 nafari Buxoro viloyatida,
- 2 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 7 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 1 nafari Xorazm viloyatida,
- 8 nafari Toshkent viloyatida,
- 66 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda virusga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 23-noyabr kuni respublika bo‘ylab koronavirusga qarshi 56 989 doza vaksina qo‘llanildi.
Izoh (0)