Sankt-Peterburgda Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari Vladimir Putin va Muhammad ibn Zoid Ol-Nahayonning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Dunyodagi bugungi munosabatlarning murakkabligiga qaramay, Rossiya va BAA o‘rtasidagi munosabatlar mintaqada va, aytish mumkinki, butun dunyoda barqarorlikning muhim omili hisoblanadi”, — deydi Putin BAA rahbari bilan yuzma-yuz uchrashuvda.
“Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilgan 50 yil davomida aloqalarimiz faqat yuqoriga qarab izchil rivojlandi”, — dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti.
Rossiya Federatsiyasi va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar haqida gapirar ekan, u “juda muvaffaqiyatli rivojlanayotgani”ga e’tibor qaratdi. “O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi (Ukrainadagi inqirozgacha) 65 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘sish davom etmoqda. O‘sish o‘tgan yilgidek katta bo‘lmasa-da, lekin shunga qaramay 17 foiz”, — deya xulosa qildi Putin.
E’tiborni tortgan yana bir jihat shundaki, Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Muhammad ibn Zayd Ol Nahayon rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvga Amerikaning Nike kompaniyasining krossovkalari va paypoqlarida keldi.
Izoh (0)