NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Rossiyaning har qanday tahdidlariga, jumladan, yadroviy tahdidlarga ham tayyor ekanini aytdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“NATO har qanday tahdidga va NATOning istalgan ittifoqchisiga qilingan har qanday hujumga tayyor. Rossiya biladiki, yadro urushida g‘alaba qozonish mumkin emas va uni boshlamaslik kerak. Biz Rossiyaga shuni aytamizki, agar ular yadro qurolidan foydalansa, oqibatlari o‘ta jiddiy bo‘ladi”, — dedi u alyansning yadroviy tahdidga tayyorligi haqidagi savolga javob berar ekan.
Mavzuga doir: “NATO kelasi hafta yadroviy hujumni to‘xtatish bo‘yicha mashqlar o‘tkazadi” — Stoltenberg
Izoh (0)